Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 65 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TEXNIK VA TEXNOLOGIK YANGILANAYOTGAN FARG’ONA NEFTNI QAYTA ISHLASH ZAVODI SALOHIYATI KENGAYMOQDA

×

 2021-08-30 17:00:12    73

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida bo’lib, korxonaning texnik va texnologik yangilanishi, modernizatsiya bosqichlari, neft mahsulotlarini birlamchi qayta ishlash, laboratoriya tahlillarini amalga oshirish jarayonlari bilan tanishdi.

Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida o’tgan yilning 3-choragida korxona hududidagi GDS qurilmasi – dizel yoqilg’isini gidrodesulfirizatsiya qilish uchastkasi rekonstruktsiya qilinib, ishga tushirilgan edi. Hozirda umumiy qiymati 300 million AQSh dollariga teng loyihani 2023 yilga qadar amalga oshirish boshlangan.

2023 yilga qadar FNQIZda yoqilg’i va moy mahsulotlari olish usuli sanalgan gidrokreking va izomerizatsiya jarayonlarini bosqichma-bosqich joriy etish xamda YEvro-4, YEvro-5 standartidagi va AI-92 markali avtomobil va dizel yoqilg’ilarini ishlab chiqarishni tashkil etish tomon dadil qadam qo’yildi.

Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida esa Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida YEvro-5 standartlariga javob beradigan dizel yoqilg’isi hamda API standartlari bo’yicha II va III guruhdagi yuqori sifatli avtomobil moyi ishlab chiqarish amaliyotga joriy etilmoqda.

Shunday qilib bu o’zgarishlar o’z navbatida zavodda ishlab chiqarilayotgan YEvro-2 dizel yoqilg’isi sifatini YEvro-5 standartlari talablari darajasiga oshirmoqda. Bu oltingugurt chiqindilarini kamaytirishga, eksport imkoniyatlarini kengaytirishga va tolling operatsiyalarining jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Evro-5 dizel yoqilg’isining bugunga qadar tayyorlanayotgan analoglari oldida qator afzalliklari mavjud. Jumladan, yoqilg’ining yonish jarayoni takomillashadi va uning sarfi kamayadi. Shovqin, tebranish va korroziya tezligi pasayadi. Dvigatelni ishga tushirish esa osonlashadi.

Viloyat rahbariga zavoddagi ushbu jarayonlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. 

Bundan tashqari, zavodning 8-tsexida joylashgan temirchilik, metallarga ishlov berish, cho’yan qo’yish bo’limidagi ish jarayonlari ham viloyat hokimining e'tiborini tortdi. Bu kabi ishlarni kengaytirish zarurligi aytib o’tildi.

Shu kuni mahsulotning qulay tez fursatlarda sotuvini yo’lga qo’yish maqsadida ochilgan zavodning telegram boti ham tanishtirildi. Botning ishga tushishi natijasida xaridor tomonidan sotib olingan tovarni yuklab jo’natish bo’yicha oldindan so’rov jo’natish imkoniyati paydo bo’ldi. Bu bilan xaridor tomonidan sotib olingan tovar bo’yicha hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish jarayoni shaffofligi ta'minlanib, sarflanadigan vaqtni qisqartirishga erishildi.

Konferentsiya zalida esa zavoddagi ishlab chiqarish liniyalarida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi bo’yicha taqdimot ham o’tkazildi. So’ng shu joyning o’zida “Evro-5” rusumidagi dizel yoqilg’isi ishlab chiqarish tsexi hamda boshqa tsex va uchastkalarida namunali faoliyat olib borayotgan bir guruh ishchi va xizmatchilar alohida e'tirof etilib, viloyat hokimligining diplom va sovg’alari topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube