Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOZYOVONDA KLASTERLAR TIZIMIDA BUG’DOY YETISHTIRISHNING BUGUNGI TALABLARI YUZASIDAN VILOYAT AMALIY SEMINARI BO’LIB O’TDI

×

 2021-08-30 17:02:49    99

PDF yuklash
Chop etish


Yozyovon tumanida “Bahrombek” g’allachilik klasteri hududida klasterlar tizimida bug’doy yetishtirishning bugungi talablari hamda hosildorlikni oshirish borasida bilim va ko’nikmalarni oshirishga bag’ishlangan viloyat amaliy seminari bo’lib o’tdi. Seminarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, tuman hokimlari va sektorlari rahbarlari, viloyatdagi g’allachilik klasterlari vakillari, mutasaddi tashkilot va boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdilar.

Davlatimiz rahbarining boshoqli don yetishtirishda klaster tizimini bosqichma-bosqich joriy etish orqali yuqori hosildorlikni ta'minlashga qaratilgan tashabbuslari doirasida joriy yilda Farg’ona viloyatidagi 99 ming 500 gektar g’allachilik maydonlari to’la klasterlarga ajratib berilib, 23 ta g’allachilik klasteri tashkil etildi.

Bugungi seminarda qishloq xo’jaligi sohasida, xususan g’allachilikda yangi tashkil etilgan klasterlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha,ularga samarali ish tashkil etishda ko’maklashish bo’yicha mahalliy hokimiyat organlari oldida turgan vazifalar ham muhokama qilindi. Ekishga tavsiya qilinayotgan urug’lik turlarining tavsiflari bilan birga ko’rgazmasi tashkil etildi, ekish texnikalarini sozlash usullari amaliy namoyish qilindi.

Klasterlarni rivojlantirishda muvaffaqiyatga erishish – bu biznes va mahalliy hokimiyatning birgalikdagi vazifasi hisoblanadi. Chunki klasterlar hududlarda sanoatni rivojlantirishning eng qulay zamonaviy vositasi bo’lib bormoqda. 

Seminarda so’z olgan viloyat hokimi, yig’ilganlarni O’zbekiston mustaqilligining o’ttiz yilligi bilan qutlab, klasterlar uchun g’alla ekish va uni parvarishlashda asosiy e'tibor qaratish lozim bo’lgan jihatlarga to’xtalib o’tdi. Ekish oldidan dala maydonlarini tayyorlash, kuchli sho’rlangan dala maydonlarida sho’rni yuvish, bug’doy ekishni ammofos va fosforli o’g’itlash bilan birga olib borish, bunda belgilangan o’g’it hajmi yerga tushishini ta'minlash kabi masalalarga alohida e'tibor qaratildi. Seyalkalar xarid qilishda ekish bilan birgalikda o’g’itlash funktsiyasiga ega bo’lgan texnikalarga ustuvorlik berish tavsiya qilindi. Tumanlar hokimlariga, sektorlar rahbarlariga, mutasaddilarga klasterlarni yoqilg’i, o’g’it, urug’lik bug’doy bilan ta'minlanishda ko’maklashish vazifasi topshirildi.

“Viloyatimizdagi ekin maydonlarida gektaridan 100 tsentnergacha hosil olish imkoniyati mavjud, yerlarimiz shu darajada unumdor. Isroil kompaniyasi, viloyatimizdagi cho’l zonasida maydonlarda tomchilab sug’orish tizimini joriy qilib, gektaridan 50 tsentnerdan hosil olishni rejalashtirmoqda. Demakki agrotexnik tadbirlarni to’g’ri tashkil qilinsa, yuqori hosildorlikka erishsa bo’ladi. Bu misoli rels yotqizish jarayoniga o’xshaydi. Rels yaxshi yotqizilsa poyezd bemalol harakatlangani kabi, bug’doy yerga yaxshi qadalsa, o’g’itlash belgilangan hajmda va tartibda amalga oshirilsa, bir tekis ko’karib chiqsa, uyog’i oson bo’ladi. Lekin ekishda xatolikka yo’l qo’ysak, keyingi parvarish qanday bo’lishidan qat'iy nazar hosildorlik past bo’ladi. Yana bir jihat, bug’doyni aynan ekishimiz kerak, sepish emas. Ko’plab davlatlarning sug’oriladigan maydonlarda bug’doy yetishtirish tajribasini ko’rib chiqqanimizda, faqat bizdagina sepish usuli mavjud. Ekilganda belgilangan miqdorda urug’ning qadalishi, o’g’itning tuproq ostida qolishi ta'minlanadi.”deya fikrlarini bildirdi viloyat hokimi. 

Klaster dalasida ekish va texnikalarining namoyishi tashkil etildi. Oqsoqollar duosi bilan yerga ilk bug’doy urug’i qadaldi.

Viloyat hokimi, shuningdek ushbu hududda 45 nafar yosh oilalarga ikkinchi ekin ekish uchun ajratib berilgan 10 gektar maydonda mosh yetishtirish holati bilan tanishdi. Viloyat rahbari bilan muloqotda yoshlar o’zlarining qaysidir sohada band ekanliklarini, biroq Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yoshlarga ekin maydoni ajratib berilishi natijasida ishdan bo’sh paytlarida qo’shimcha daromad manbasiga ega bo’lganliklarini mamnuniyat bilan ta'kidlashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube