Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


INSON QADRI UCHUN! – O’ZBEKISTON TUMANIDA QUDASH NOGIRONLIGI BO’LGAN SHAXSLAR UCHUN AYOLLAR «MURUVVAT» INTERNAT UYI MUKAMMAL TA'MIRDAN SO’NG FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-10-11 09:37:49    214

PDF yuklash
Chop etish


Bugun O’zbekiston tumanidagi Qudash nogironligi bo’lgan shaxslar uchun ayollar «Muruvvat» internat uyida amalga oshirilayotgan mukammal ta'mir ishlarining birinchi bosqichi yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Respublika Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktori Alisher Inakov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, tuman sektorlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, mamlakatimizda so’nggi yillarda inson qadri uchun katta ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidlab, 2015 yilda Namangan viloyatiga yangi hokim etib tayinlangan davrida Pop tumanidagi nogironligi bo’lgan shaxslar uchun «Muruvvat» internat uyiga borib, u yerdagi achinarli holat bilan tanishgani, muassasani ta'mirlash uchun mablag’ bo’lmaganligi sababli homiylarni jalb qilgan holda epaqaga keltirilganini aytib o’tdi. Faqat bayramlardagina eslangan «Saxovat» va «Muruvvat» uylari Prezidentimizning alohida g’amxo’rliklari, insonparvarlik va millatparvarlik bilan yo’g’rilgan siyosatlari natijasida mehr va e'tibor bilan to’lganini qayd etgan viloyat hokimi, Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligini Vazirlar Mahkamasi tuzilmasiga o’tkazilgani, sharoitlar, tibbiy-ijtimoiy xizmatlar yaxshilangani, xodimlarning oylik ish haqlari ikki barobar oshirilgani bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’targanini ta'kidladi.

Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy himoya va tibbiy-ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etish maqsadida qabul qilingan O’zbekiston Prezidentining 2021 yil 25 martdagi «Keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to’g’risida"gi farmoni bilan ushbu internat uyining 360 o’rinli binosi mukammal ta'mirdan chiqarilishi belgilab berilgandi.

Farmon bilan Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi , «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarini, keksalar, nogironligi bo’lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarni qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal ta'mirlash tadbirlari Respublika bo’yicha jami 35 ta muassasa uchun 413 milliard so’mdan ziyod mablag’ ajratilib, shundan Qudashdagi internat uyi uchun 7 milliard so’m mablag’ Respublika byudjetidan ajratilgandi.

Viloyat mahalliy byudjetidan ham qo’shimcha mablag’ ajratilib, umumiy loyiha qiymati 15 milliard 575 million so’m bo’lgan qurilish-rekonstruktsiya ishlari boshlab yuborildi. 2022 yilda yakunlanishi ko’zda tutilgan ishlarning hozirgi kunga 6 milliard so’mlik qismi amalga oshirilib, yashash binolari hamda ma'muriyat va xizmat ko’rsatish binolari to’liq ta'mirdan chiqarildi, xonalar jihozlandi. Bino fasad qismining bo’yash ishlari yakunlandi, eshik va romlar o’rnatildi, kafel terish ishlari yakuniga yetkazildi. Muassasa hududi bo’ylab tunda yoritish chiroqlari, tayanch ustunlar o’rnatildi, hududning ichki va tashqi yo’llari asfaltlanib, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Rekonstruktsiya ishlarining ikkinchi bosqichi davom etmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube