Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


GERMANIYANING “KNAUF” KOMPANIYASI HAMMUASSISI NIKOLAUS KNAUF FARG’ONAGA KELIB, O’ZBEKISTON TUMANIDA BARPO ETILAYOTGAN, UMUMIY LOYIHA QIYMATI 20 MILLION YEVRO BO’LGAN GIPSKARTON ISHLAB CHIQARISH KORXONASI BILAN TANISHDI

×

 2021-10-23 10:11:31    196

PDF yuklash
Chop etish


Germaniyaning “Knauf” kompaniyasi hammuassisi Nikolaus Knauf bugun Farg’onaga keldi. Farg’ona xalqaro aeroportida Knauf va uning hamrohligidagi delegatsiyani viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev kutib oldi.

Nikolaus Knauf dunyoning 90 mamlakatida 225 ta ishlab chiqarish korxonasiga ega bo’lgan, yillik aylanmasi 6,4 milliard dollarga teng “Knauf” kompaniyasining ikki asoschisidan biri – Alfons Knaufning o’g’li hamda kompaniyaning eng yirik hissadorlardan biridir.

Nikolaus Knaufga viloyatimizga tashrifi chog’ida qizi Angelika Verxan, shuningdek, Germaniya-O’zbekiston ishbilarmonlari kengashi hamraisi, “Knauf” guruhi boshqaruv raisi Manfred Grundke, “Knauf” guruhi boshqaruvchisi Uve Knotser, kompaniyaning texnika va ishlab chiqarish bo’yicha rahbari Anton Peter, Sharqiy YEvropa va MDH davlatlari bo’yicha boshqaruvchi Yanis Kraulis, MDH davlatlari hududida kompaniya hissadorlarining vakolatli vakili Aleksandr Blyumgardt hamda “Knauf”ning O’zbekistondagi korxonalari rahbari Dmitriy Deripalko hamrohlik qildilar.

Mehmonlar viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan birga O’zbekiston tumanining “Sho’rsuv” hududida barpo etilayotgan, umumiy loyiha qiymati 20 million yevro bo’lgan va yillik 17 million kvadrat metr gipskarton listlari hamda 40 ming tonna gips asosidagi quruq qurilish qorishmalari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan “Knauf gips Farg’ona” korxonasini borib ko’rdilar. Korxonada qurilish ishlari yakunlanib, zamonaviy ishlab chiqarish liniyalarini o’rnatish yakunlanmoqda. Dekabr oyida test rejimida dastgohlarni ishga tushirish, kelgusi 2022 yil fevral oyida esa foylanishga topshirish rejalashtirilgan.

Viloyat hokimi, hurmatli mehmonni Farg’onada qutlar ekan, uning O’zbekiston va Germaniya iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdagi ulkan xizmatlarini, mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish, sohaga ilg’or texnologiyalarni joriy etishdagi hissasini yuqori e'tirof etdi.

Xayrullo Bozorov va Nikolaus Knauf birgalikda korxonani ko’zdan kechirishdi, ishlab chiqarish liniyalari hamda o’rnatilgan dastgohlar bilan tanishishdi. “Knauf gips Farg’ona” foydalanishga topshirilgach, kelgusi bosqichda uni kengaytirish hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ushbu korxonaning qurilish-montaj ishlariga mahalliy pudratchilar jalb qilingan. Korxonaga hozirning o’zida 40 dan ortiq mahalliy yoshlar doimiy ishga qabul qilinib, ular korxona foydalanishga topshirilgunga qadar “Knauf gips Buxoro” zavodida tajriba o’rganishmoqda.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube