Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANGI QURIB BITKAZILGAN SO’X AEROPORTIGA DASTLABKI SINOV PARVOZI AMALGA OSHIRILDI

×

 2021-11-01 20:08:07    112

PDF yuklash
Chop etish


So’x tumanining “Navobod” mahalla fuqarolar yig’ini hududida barpo etilgan yangi aeroport, dastlabki sinov parvozini qabul qildi.

Farg’ona xalqaro aeroportidan amalga oshirilgan sinov Humo Air aviakompaniyasiga qarashli An-2P yo’lovchi tashish samolyotida amalga oshirildi. Mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Farg’onadan havoga ko’tarilgan layner, soat 13:10 da So’x aeroportiga kelib qo’ndi. Javohir Ma'rupov komandirligidagi ekipaj tomonidan amalga oshirilgan parvoz muvaffaqiyatli yakunlandi. 

Ilk parvoz, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari tomonidan katta tantana bilan kutib olindi. Samolyot qayta Farg’onaga parvoz qildi va soat 14:07 da yana Farg’ona xalqaro aeroportiga yetib keldi.

Amalga oshirilgan parvoz hamda So’x aeroportida yaratilgan texnik sharoitlar mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

Jadal sur'atlar bilan barpo etilgan ushbu aeroport maydoni yetti gektar bo’lib, uzunligi yetti yuz metrni tashkil etadi. 

Qurilish ishlari uchun davlat byudjetidan olti milliard sakkiz yuz million so’m mablag’ ajratilib, uchish maydonchasi, kutish zali, ovqatlanish shaxobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylarini o’zida qamrab oladigan zamonaviy majmua tashkil etildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube