Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


EKOSHAHAR INFRATUZILMASINI SHAKLLANTIRISH BO’YICHA AMALIY ISHLARGA KIRISHILDI

×

 2021-12-07 09:16:58    152

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari hamrohligida hududlarda bo’lib, bunyodkorlik, obodonlashtirish tadbirlari, yangi loyihalar, korxonalar faoliyati, muhim qarorlar ijrosi, aholi turmush farovonligini oshirish yuzasidan qilinayotgan ishlar bo’yicha o’rganishlar olib bormoqda. Navbatdagi o’rganish Farg’ona shahrida davom etdi.

Dastlab Farg’onadagi eng yirik loyihalardan bo’lgan – “Ilg’or” mahallasi hududida barpo etilayotgan Ekoshaharda olib borilayotgan ishlar ko’zdan kechirildi.

Bu yerda 300 gektar maydonda turar joylar, ijtimoiy ob'ektlar bunyod etilib, qariyb 5500 dan ziyod ish o’rni yaratiladigan sanoat zonasi faoliyati yo’lga qo’yilishi rejalashtirilgan. 70 gektar maydonda esa “Yangi O’zbekiston” bog’i tashkil etilmoqda. Ayni kundagi eng muhim masalalardan biri suv, elektr energiyasi, kanalizatsiya tarmoqlarini tortib, qulay infratuzilmani shakllantirishdan iborat. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ushbu masalalarda tegishli mutasaddi rahbarlar va tadbirkorlar bilan muloqot qildi. Ekoshahar hududida joylashgan 2,8 km uzunlikdagi yangi kanal qurilishi va 6,1 km masofadagi Shodiyeva kanalini rekonstruktsiya qilish bilan bog’liq masalalar muhokama qilindi.

Mutasaddilarga ishlarni tezlashtirish, o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo’yicha aniq topshiriq va ko’rsatmalar berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube