Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI TASHRIFIDAN SO’NG UCHKO’PRIKDA YANA BIR MUAMMO O’Z YECHIMINI TOPDI

×

 2022-01-23 16:38:31    118

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko’prik tumanida bo’lib, Uchko’prik MFYda yangi ish boshlagan hokim yordamchisi Dilshod Daliyev tomonidan hududning Shodlik mavzesida mahalla ahlini bir necha yildan buyon qiynab kelayotgan muammo bo’yicha qilgan murojaati yuzasidan o’rganish olib bordi.

Ma'lum bo’lishicha, ushbu hududda 2 qavatli 32 ta xonadonda yashovchi fuqarolar turar-joylarning podval qismida suv to’planib qolayotganligidan aziyat chekmoqda. 

Bunga ushbu binolarning yon qismidan oqib o’tayotgan anhorning bir necha yillardan buyon tozalanmaganligi sabab bo’lmoqda. Maxsus texnikalar anhorning 1 km joyni kovlab, tozalashlari uchun uning atrofiga noqonuniy uylar qurib olinganligi to’sqinlik qilyapti.

Viloyat hokimi e'tiborsizligi uchun mahalla raisiga tanbeh berdi. Anhor yon qismidagi noqonuniy qurilgan uylarni buzish, xonadon egalari roziligi bilan daraxtlarni kesish va anhorni kovlab zaxni ketkazish bo’yicha soha mas'ullariga topshiriq berdi. Bundan tashqari, eskirib qolgan 2 qavatli uylar o’rnida 5-7 qavatli ko’p qavatli uylar qurish kerakligi, xonadon egalarini rozi qilgan holda tez fursatda qurilish ishlarini boshlash kerakligi bo’yicha ko’rsatmalar berdi.

Shu yerda quruvchi Nuriddin Tojiyev ushbu hudud uchun ishlab chiqqan qurilish loyihasi borligi, agar ruxsat berilsa qurilish ishlarini boshlashga tayyorligini ma'lum qildi. Ushbu tashabbusni qo’lab-quvvatlagan viloyat rahbari, aholi bilan hamjihatlikda ish tashkil etiladigan bo’lsa, hokimiyat tomonidan yordam ko’rsatilishini aytib o’tdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram