Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


JAHON BANKI FARG’ONA VILOYATIDA QISHLOQ XO’JALIGINI MODERNIZATSIYA QILISH HAMDA SOHAGA BILIM VA INNOVATSIYALAR TIZIMINI JORIY ETISHDA ISHTIROK ETADI

×

 2022-02-02 14:57:20    76

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Jahon banki xalqaro eksperti Ivan Xorvat, Jahon bankining AKIS (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi) loyihasi koordinatori Otabek Mansurov, shuningdek Jahon banki loyiha muhandisi Ibodullo Dadaxanovlardan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyatida qishloq xo’jaligida qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo’shilgan qiymat zanjirini yaratish, sohaga jahon tajribasi asosida bilim, innovatsiyalar va agroxizmatlar tizimini keng joriy etish, shuningdek, xizmat turlarini takomillashtirish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Qishloq xo’jaligi viloyatda rivojlangan sohalardan biri bo’lishiga qaramay, zamonaviy texnologiyalarning va ilm-fan innovatsion yutuqlarining to’la joriy etilmagani sababli ba'zi hududlarda samaradorlik va hosildorlik bugungi jahon standartlaridan past ekaniga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, qishloq xo’jaligini isloh qilish o’ta dolzarblik kasb etayotganini va viloyat hokimligi Jahon bankining bu boradagi barcha loyihalarini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini qayd etdi.

Jahon banki delegatsiyasi tomonidan bank loyihalari doirasida Farg’ona viloyatini qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalarni tadbiq etish bo’yicha transmintaqaviy innovatsion xabga aylantirish rejalashtirilayotgani ma'lum qilindi.

Jahon bankining kredit loyihasi bilan Farg’ona shahrida barpo etilayotgan viloyat AKIS Agroxizmatlar markazi bu boradagi mamlakatimizdagi ilk pilot loyiha bo’ladi. Qurilish va ta'mirlash ishlari uchun 39,2 milliard so’m mablag’ ajratilib, hozirgi kunda belgilangan loyiha asosida ishlar olib borilmoqda va joriy yil iyun oyida markaz qurilishi yakunlanadi. Jahon banki tomonidan markazni jihozlash uchun qo’shimcha 1 million AQSh dollari miqdorida mablag’ ajratilishi bugungi uchrashuvda bank vakillari tomonidan ma'lum qilindi.

Mazkur hududiy markaz tomonidan “yagona darcha tamoyili” asosida davlat-xususiy sherikchilik tamoyilida 500 dan ortiq agrosanoat majmuiga oid xizmatlar ko’rsatiladi. Shundan 40 dan ortiq yangi turdagi innovatsion texnologiyalar asosidagi qator xizmatlar, jumladan, geoaxborot tizimlari, dron xizmatlari, xalqaro standartlar, “Organic”, “Global G.A.P” va “Halol” sertifikatlari joriy etiladi. Xalqaro akkreditatsiyadan o’tgan 5 turdagi zamonaviy laboratoriya , ya'ni qishloq xo’jaligi mahsulotlari xavfsizligi, In-vitro ko’chatchiligi, tuproq, suv va fitosanitariya tahlil laboratoriyasi viloyatdagi fermer xo’jaliklari hamda agrobiznes vakillariga xizmat ko’rsatadi.

Jahon bankining Intensiv bog’lar barpo etishga ko’maklashish loyihasi doirasida Farg’ona viloyatining bog’dorchilik va uzumchilik rivojlangan tumanlaridagi fermer xo’jaliklarining jami 500 gektargacha bo’lgan bog’larini yangilashga ham kelishib olindi. Bunda har gektar uchun 30 ming AQSh dollari miqdorida kredit ajratiladi, Jahon banki nazoratida barcha zamonaviy texnologiyalar joriy etilgan, YEvropa standartlariga mos intensiv bog’lar barpo etilib, 3 yilda hosilga kirgach, fermerlarga taqdim etiladi. Fermerlar sarflangan mablag’ning 10 foizini dastlabki to’lov sifatida amalga oshirishadi, qolgan qismi uchun 7 yildan 10 yilgacha imtiyozli kredit taqdim etiladi.

Shuningdek, Bag’dod va Rishton tumanlarida urug’chilik, urug’li chigit tayyorlash loyihalari uchun 26,5 mln. dollar miqdorida Jahon banki kreditlari ajratiladigan bo’ldi.

Uchrashuv doirasida viloyatimizdagi har bir shahar va tumanda 1000-1500 tonnalik hajmdagi sovutgichli meva-savzavot saqlash mini-omborlari tashkil etish uchun ham mahalliy tadbirkorlarga Jahon banki kreditlari taqdim etilishga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram