Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA “OILAVIY AJRIMLARGA QARSHI KURASHISH OYLIGI” E'LON QILINDI

×

 2022-02-02 15:00:16    64

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi majlislar zalida viloyatda erta nikohning, oilaviy ajrimlarning hamda xotin-qizlar o’rtasidagi jinoyatlarning oldini olish, notinch oilalar bilan ishlash yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga qaratilgan anjuman tashkil etildi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Bahodir Holiqov, shahar va tumanlardagi mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limlari mas'ullari, nodavlat notijorat tashkilotlari va viloyatdagi fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari rahbarlari, fuqarolik sudlari hamda diniy idoralar vakillari qatnashdilar.

So’z olganlar joriy yilning yanvar oyi yakunida o’tgan viloyatda qonunchilik holati va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2022 yilda ko’riladigan chora-tadbirlarga bag’ishlangan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo’shma sessiyasida ko’tarilgan masalalarga to’xtaldilar.

Xususan, viloyatda oilaviy ajrimlarning oshib ketayotganligi, xotin-qizlar orasida jinoyatchilik sodir etish holatlari ko’p kuzatilayotgani tanqid qilindi. 2021 yilda 4285 ta ajrimlar ro’yxatga olingani va bu 2020 yilga nisbatan 1,5 barobarga oshganligi qayd etildi.

Viloyatda erta nikoh, oilaviy ajralishlarning oldini olish, notinch oilalarni yarashtirish chora-tadbirlari yuzasidan qabul qilingan viloyat hokimining 2022 yil 28 yanvardagi qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, 2022 yilning fevral oyi “Oilaviy ajrimlarga qarshi kurashish oyligi” deb e'lon qilinganligi ta'kidlandi. Ishchi guruhlari faoliyatini tashkil etish tartiblari haqida ma'lumot berildi. 

1055 ta mahallalarga kirib borish, mahalla faollari, nuroniylar, diniy soha vakillari, profilaktika inspektorlari va pedagog-psixologlar ishtirokida ochiq muloqotlar o’tkazib, nizoli oilalar muammolarini o’rganib, ularni tahlil qilish va yechimlar belgilash, milliy qadriyatlar va mahalliy urf-odatlarga tayangan holda oilalarda sog’lom muhitni shakllantirish rejalari ma'lum qilindi.

Viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi To’lqinoy Tojiyeva viloyat ishchi guruhi va joylardagi ishchi guruhlar oldida turgan vazifalarni birma bir, bandma band tushuntirib, noxush vaziyatlarni keltirib chiqarayotgan holatlarni misollar bilan aytib o’tdi.

Yakunda kun tartibidagi masalalarga yechim topish yuzasidan “Farg’ona tajribasi”ni yaratish hamda muammolarni tizimli hal etish borasida kelishib olindi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram