Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ISPANIYANING “SERCOBE” SANOAT TEXNOLOGIYALARI ISHLAB CHIQARUVCHILAR UYUSHMASI FARG’ONADA CHIQINDILARNI QAYTA ISHLASH SOHASIGA INVESTITSIYA KIRITISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2022-02-04 12:10:18    66

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Ispaniyaning “Sercobe” sanoat texnologiyalari ishlab chiqaruvchilar uyushmasining Sharqiy YEvropa va MDH davlatlari bo’yicha direktori Xektor Rodrigesni qabul qildi. Uchrashuvda viloyat hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.

Ispaniyadagi 130 dan ziyod yirik kompaniyalari hamda 4 ta sohaviy assotsiyatsiyalarini o’zida birlashtirgan “Sercobe”, Farg’ona viloyatida chiqindilarni qayta ishlash sohasiga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda.

Bugungi uchrashuvda kelgusi hamkorlikning tamoyillari, chiqindilarni qayta ishlashda Ispaniya kompaniyalarining tajribalari hamda yondashuvlari, Farg’ona viloyatida chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash sohasi uchun zarur mahalliy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Ispaniya tomoni, viloyatdagi chiqindilarning hajmi, ularning tarkibi, chiqindilarni yig’ish, saralash, olib chiqish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish jarayonlari borasida to’liq ma'lumotlar asosida hamkorlikning muqobil variantlarini taklif qilishlarini hamda investitsiya hajmini ma'lum qilishlarini bildirishdi.

Bunda to’la xorijiy investitsiya asosidagi korxona, mahalliy tadbirkorlar bilan birgalikda qo’shma korxona shaklida yoki davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida hamkorlik qilish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.

Investorlarning investitsiyalarini va tavakkalchiliklarini sug’urtalash hamda ularning hamkorlikka bo’lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida “Asko Vostok” sug’urta kompaniyasi ham ushbu loyihada ishtirok etish istagini bildirgan.

Yaqin kunlarda aniq loyiha ustida muzokaralarni davom ettirishga kelishib olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram