Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HUKUMAT KOMISSIYASINING FARG’ONA VILOYATI TADBIRKORLARI BILAN OCHIQ MULOQOTI BO’LIB O’TDI

×

 2022-02-04 17:46:47    68

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da Respublika Bosh prokurorining birinchi o’rinbosari Bahriddin Valiyev hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o’rinbosari Baxtiyor Rahimov ishtirokida Hukumat komissiyasining Farg’ona viloyati tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti bo’lib o’tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig’i Doniyor Toshxo’jayev, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig’i Shukurullo Nisbatxonov, shahar va tumanlar 4 ta sektorlari rahbarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, viloyat shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etdilar.

Bosh prokurorning birinchi o’rinbosari Bahriddin Valiyev tadbirkorlarning oldida turgan muammolarni yechish, byurokratik to’siqlarni olib tashlash, korruptsiyaning oldini olish bugungi kun davlat siyosatida ustuvor vazifa ekaniga e'tibor qaratib, tadbirkorlarning qonuniy va asosli har bir murojaati yechim topishini ta'kidladi. Viloyatlarda viloyat prokurorining tadbirkorlar bilan ishlovchi katta yordamchisi lavozimi joriy etilgani, Bosh prokuratura huzurida tadbirkorlar murojaatlari uchun maxsus bot ishga tushirilayotgani ma'lum qilindi. 

Investitsiya loyihalarini amalga oshirish, sarmoyalar jalb qilish hamda eksport salohiyatini oshirish bo’yicha har bir shahar va tumanda joriy qilingan yangi tizim – tashkil etilgan “loyiha guruhlari” Dang’ara tumani misolida tahlil qilindi. Ushbu loyiha guruhlari tadbirkorlarning yonida turib, g’oyadan boshlab, investorlarni jalb qilish va loyihalarni to’liq quvvatda ishlashigacha har kuni yordam berishga mas'ul ekaniga yana bir bor e'tibor qaratildi. 

Joriy 2022 yilda Farg’ona viloyati o’z oldiga xorijiy investitsiyalar jalb etish hamda eksport bo’yicha katta marralar olayotgani, viloyatdan 1,2 milliard dollarlik qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlarini xorijga eksport qilish rejalashtirilayotgani, bu jarayonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash barcha mutasaddilar uchun birlamchi vazifa bo’lishi kerakligi qayd etildi. Yaqin davrda to’xtatilgan va tugatilgan korxonalarning har birining rahbari bilan birma bir muloqot qilish, agar tadbirkorlikni davom ettirish uchun qandaydir to’siq bo’lganligi yoki moliyaviy ko’mak kerakligi aniqlansa, darrov yechimini topib, korxonalar faoliyatini qayta yo’lga qo’yishga yordamlashish lozimligi ta'kidlandi.

Muloqotda ishtirok etgan tadbirkorlarning mavjud qonunchilikka o’zgartishlar kiritish bo’yicha takliflari, Respublika vazirlik va idoralarida o’z yechimini kutayotgan masalalari, xususan lizentsiya olish, yirik loyihalar uchun bank kreditlari olish, mavjud kreditlar muddatini uzaytirish, pandemiya sababli xorijda to’xtab qolgan uskunalarni olib kelishda ko’maklashish, bojxona imtiyozlari olishga hamda tadbirkorlik sub'ektlarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga yordam berish va boshqa masalalar bilan bog’liq murojaatlari Hukumat komissiyasi vakillari tomonidan tinglandi, har birining qonuniy yechimini ta'minlash bo’yicha vazirlik va idoralarga vazifalar belgilab beriladigan bo’ldi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram