Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI FARG’ONA SHAHRIDAGI MUHIM OB'EKTLAR BILAN TANISHDI

×

 2022-02-08 09:46:57    76

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Farg’ona shahridagi o’rganishlari davomida joriy yilning yanvar oyi oxirida tamal toshi qo’yilgan “Yangi O’zbekiston” massivlari turkumiga kiruvchi Ekoshaharda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Viloyat markazida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo’ljallangan yo’ldosh shaharchani bunyod etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Ayni kunlarda 69 ta ko’p qavatli uylarda kotlovan qazish va poydevor uchun beton quyish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, yo’l, elektr ta'minoti, suv, kanalizatsiya bilan bog’liq masalalar ham hal etilmoqda.

Viloyat hokimi mas'ullar bilan suhbatlashib, har bir ob'ekt bo’yicha qurilish ishlari grafigini tuzish hamda unga amal qilinishini ta'minlash, joriy yil uchun rejalashtirilgan qolgan binolarning ham qurilish ishlariga kirishish, shuningdek, eng ilg’or xorij davlatlari tajribalaridan kelib chiqib, hududga joylashtirish uchun zamonaviy istirohat markazlari, “aqlli” 3D favvoralar loyihalarini ham tayyorlash zarurligini qayd etdi. 

Shu kuni viloyat hokimi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg’ona viloyat mintaqaviy filialida ham bo’ldi. O’rganishlar natijasida ushbu tibbiyot maskanini ta'mirlash, eng zamonaviy apparat va jihozlar keltirish hamda ushbu muassasada kardiologiya yo’nalishida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini o’tkazishni yo’lga qo’yishga qaror qilindi.

Navbatdagi manzilda 3 yillik tanaffusdan so’ng Superligaga qaytgan "Neftchi" futbol klubi uy o’yinlarini o’tkazadigan o’yingoh – "Istiqlol" stadionida amalga oshirilayotgan ta'mirlash ishlari ko’rildi. Hozirda o’yingoh maydonining chimini yangilash ustida ishlar olib borilmoqda. Viloyat hokimi ishlarni tezlashtirish hamda sifatli amalga oshirish yuzasidan ko’rsatmalar berdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram