Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI O’RINBOSARI FAYZULLO QOSIMOV: “IJTIMOIY SOHADA KORRUPTSIYAGA O’RIN BO’LMASLIGI KERAK”

×

 2022-02-08 09:49:51    140

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Fayzullo Qosimov va mazkur kompleks tarkibiga kiruvchi tashkilot va boshqarmalarning rahbarlari ishtirokida bo’lib o’tgan korruptsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish mavzusida tashkil etilgan matbuot anjumanida bu alohida ta'kidlandi.

Bugungi kunda sohada inson omilini kamaytirish maqsadida axborot texnologiyalarini joriy etishga muhim e'tibor qaratilmoqda. O’tgan yilda ilk bor Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasi to’liq raqamlashtirildi. Maktabgacha ta'lim, umumta'lim maktablari va oliy ta'limda ham korruptsiyaga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinmoqda.

– Korruptsion illatlarga qarshi kurash har birimizning burchimizdir, – dedi Fayzullo Qosimov. – Kichkina poraxo’rlik ham katta ziyonlarga sababchi bo’lib qolishi mumkin. Ayniqsa, ijtimoiy sohada bu illatga o’rin bo’lmasligi kerak. Besh qo’l barobar bo’lmaganidek, hanuz salbiy holatlar uchrab turibdi. Birgina sog’liqni saqlash tizimida bir necha bor profilaktik tadbirlar, targ’ibot ishlari olib borilishiga qaramasdan korruptsiya bilan bog’liq jinoyatlar sodir etilganligi achinarlidir. O’tgan yilda tizim xodimlari 15 ta firibgarlik, 11 ta pora olish, pora berish jinoyatlarini sodir etgan. Misol qilib aytsak, ishga qabul qilish shaffoflik asosida tashkil etilmayotganligi sababli xodimlar o’rtasida ishga joylashtirish evaziga pul va boshqa moddiy qimmatliklarini talab qilishlik holatlari kuzatilmoqda. Albatta, bunday tamagirlikka, korruptsiyaga barchamiz murosasiz bo’lib, kurash olib borsakgina o’z samarasini beradi.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram