Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA AKMAL BURXANOV ISHTIROKIDA DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARINING FAOLIYATI OCHIQLIGINI TA'MINLASH YUZASIDAN SEMINAR BO’LIB O’TDI

 2022-02-09 21:30:11    410

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta'minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni mazmunini tushuntirish va ijrosini ta'minlash yuzasidan seminar bo’lib o’tdi.

Videoselektor tarzida tashkil etilgan seminarda Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avazbek O’rinboyev, viloyatdagi boshqarma va tashkilotlar, muassasa va korxonalar, mahalliy hokimliklar mas'ul xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.

Seminarda agentlik direktori so’nggi to’rt yil davomida mamlakatimizda korruptsion holatlarning oldini olish maqsadida 70 ortiq qonun va qonunosti hujjatlari e'lon qilingani, tegishli idoralar bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari o’tkazilib kelinayotganligi hamda agentlikka biriktirilgan vakolatlardan kelib chiqib, mahalliy hokimliklar, boshqarma va tashkilotlar tomonidan sarflangan mablag’larning veb-saytlardagi maxsus ruknlar orqali doimiy joylashtirib borilishi belgilanganligiga alohida e'tibor qaratdi.

Shundan so’ng agentlik mas'ul xodimlari slaydlar orqali qabul qilingan hujjatning mazmun-mohiyati, qo’yilgan talablar bilan barcha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan Ochiq ma'lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma'lumotlar ro’yxati yuzasidan tushuntirishlar berib o’tishdi.

Shuningdek, farmon ijrosi bo’yicha bugungi kunda yo’l qo’yilib kelingan kamchiliklar ko’rsatilib, ularni bartaraf etish bo’yicha tegishli taklif va tavsiyalar berib o’tildi.








 











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
FacebookTelegramFacebookYouTube