Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 162 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI BUVAYDA TUMANIDA MFY RAISLARI VA PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI HAMKORLIGINI YANGI BOSQICHGA KO’TARISH ZARURLIGIGA E'TIBOR QARATDI

×

 2022-02-10 11:05:32    121

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, kecha Buvayda tumanidagi o’rganishlari jarayonida tumanning Beglar, Qo’rg’onobod, Xonobod, Yangiqishloq va Oqtepa mahallalarida profilaktika inspektorlari bilan muloqot o’tkazib, ularning faoliyatini tahlil qildi.

Joriy yil 31 yanvar kuni bo’lib o’tgan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo’shma sessiyasida jinoyatchilikka qarshi kurash borasida viloyatdagi holat tanqidiy muhokama qilingandi. Viloyatda jinoyatlar soni oshib borayotgani, bu borada joylarda mahalla raislari hamda profilaktika inspektorlari tomonidan jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan aniq va maqsadli hamkorlik yo’lga qo’yilmagani,profilaktika inspektorlarining mahallalar hududida qurib berilgan xizmat uylarida yashamayotgani qayd etilib, profilaktika inspektorlarini ular xizmat o’taydigan hududga ko’chib o’tishini ta'minlash, ularning mahalla fuqarolar yig’ini raisi bilan bir joyda faoliyat olib borishlarini yo’lga qo’yish bo’yicha vazifalar belgilab berilgandi.

O’rganishlar davomida Buvayda tumanida ham ba'zi profilaktika inspektorlari xizmat uylarida yashamayotgani ko’zga tashlandi. Shuningdek, profilaktika inspektorlari va mahalla raislari bilan suhbat davomida ularning o’zaro hamkorligi yetarli yo’lga qo’yilmagani, aniq qo’shma ish rejasi mavjud emasligi, ish hujjatlari to’g’ri yuritilmagani ma'lum bo’ldi.

Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish MFY raislari hamda biriktirilgan profilaktika inspektorlarining samarali hamkorligiga bevosita bog’liq ekaniga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, jinoyatga moyilligi bor yoshlar, xotin-qizlarning avvalo muammolarini o’rganish, maishiy muammolari bo’lsa, mas'ul tashkilotlar orqali yordam berish, ruhan qo’llab-quvvatlash borasida ish tashkil etish yuzasidan ko’rsatmalar berdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram