Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 283 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMINING BUVAYDA TUMANI MAHALLALARIDA AHOLI BILAN MULOQOTLARI DAVOMIDA KO’PLAB IJTIMOIY MASALALAR VA MUAMMOLARGA YECHIM BELGILANDI 

×

 2022-02-10 12:02:05    75

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Buvayda tumanida ko’plab mahallalarda bo’lib, aholi vakillari, tadbirkorlar bilan muloqotda bo’ldi. Ushbu muloqotlar davomida ko’plab ijtimoiy masalalar va muammolarga yechim belgilandi, infratuzilma bilan bog’liq murojaatlarni hal etishga kirishildi.

“Oqtepa” MFYda 1800 nafar iqtisodiy faol aholidan, 1200 nafari norasmiy sektorda, mavsumiy ishlashi ma'lum bo’ldi. Mahalla ahli, ayniqsa yoshlar bilan muloqotda oqtepaliklar sholichilik bilan, qurilish sohasida ko’proq band ekanliklari, lekin qish mavsumlarida bo’sh qolishlari o’rganildi. Viloyat hokimining topshirig’i bilan, viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari Avaz O’rinboyev boshchiligidagi ishchi guruh mahallaga kelib, keng qamrovli o’rganish o’tkazadi hamda aholi bandligini ta'minlash choralarini ko’radi. Mahallada yashovchilarga istaklariga ko’ra, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, issiqxona barpo etish uchun imtiyozli kreditlar taqdim etiladi, tikuvchilik tsexi tashkillanadi. Hududning elektr ta'minoti yaxshilanadi. 

Buyuk Ipak yo’li MFY hududida tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi fuqarolar uchun eski g’isht ishlab chiqarish “Sanoat zonasi” tashkil etish masalasi ko’rib chiqildi. Mahalla tadbirkorlari moshni qayta ishlash, polietilen mahsulotlari tayyorlash, mebel ishlab chiqarish kabi turli yo’nalishlarda ish boshlashga tayyor ekanligini ma'lum qilishdi. Shuningdek, aholining talablaridan kelib chiqib, 1 pod'ezdli, 5 qavatli har biri 20 xonadondan iborat 7 ta ko’p qavatli uylar qurilishi boshlanadigan bo’ldi. Viloyat hokimi tashkil etiladigan Sanoat zonasidagi yer maydonlari hamda quriladigan ko’p qavatli uylar eng avvalo, mahallada yashovchilarga taqdim etilishini ma'lum qildi. Shuningdek, mahallada yashovchilarning murojaatidan kelib chiqib, MFY hududidagi 3 km yo’l asfaltlab beriladigan bo’ldi.

Viloyat rahbari Elobod MFYda tadbirkor Ibrohimjon Tojiboyev xonadonida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Tadbirkorlarning ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yer maydoni ajratish bo’yicha murojaati belgilangan tartibda hal etilishi belgilandi. Mahallada elektr tayanch ustunlarini yangilash bo’yicha ham mas'ullarga vazifa yuklatildi.

Yangiqishloq MFYda hunarmandlar bilan uchrashuvda hunarmandchilikni rivojlantirish istiqbollari bilan birga ijtimoiy masalalardagi murojaatlar ham ko’rib chiqildi. Viloyat hokimi mahallada birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatuvchi ambulatoriya qurish bo’yicha ko’rsatma berdi. Shuningdek mahalladagi avvalgi otalar choyxonasi o’rnida barpo etishga kirishilgan bino qurilishi ham to’xtatiladigan bo’ldi.

Xayrullo Bozorov shuningdek, tumandagi So’fi Azizlar ziyoratgohida bo’lib, mahalla nuroniylari va faollari bilan suhbatlashdi. Viloyat hokimligi tashabbusi bilan mazkur ziyoratgohda qurilish-ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Viloyat rahbari rejalashtirilgan ishlarni sifatli va to’laqonli yakunlash uchun viloyat byudjetidan qo’shimcha mablag’ ajratilishini ma'lum qildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram