Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MAHALLADA TADBIRKORLIK TOSHLOQ TUMANINI RIVOJLANTIRISHNING VA AHOLI BANDLIGINI TA'MINLASHNING ASOSIY OMILIGA AYLANMOQDA

×

 2022-02-11 09:48:46    101

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Toshloq tumanida bo’lib, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va ish o’rinlari yaratish, oilalar daromadini ko’paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Yuqoriqishloq MFY Qalacha mahallasida “Exsport Import Quality” meva-sabzavotchilik klasteri tomonidan barpo etilgan limonchilik issiqxonasi hamda amalga oshirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, tashish va saqlash loyihasi ko’zdan kechirildi. Tadbirkorning o’z sarmoyasi hamda xorijiy kredit liniyasi hisobidan 46 mlrd. so’mdan ziyod mablag’ yo’naltirilgan ushbu loyiha 2022 yilning mart oyida to’liq yakunlanishi natijasida 300 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi. 

Tadbirkor Azimjon Mirzaliyev tosh-shag’al hududda tashkil etilgan issiqxonada limon ko’chatlari ekilganini, limon oralarida qulupnay, pomidor, qalampir, ko’kat kabi turli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirayotgani haqida ma'lumot berdi.

Loyiha tashabbuskori meva-sabzavotlarni quritish va qadoqlashni yo’lga qo’yish uchun qo’shimcha 3 mln dollarlik kredit olishda amaliy yordam so’rab viloyat hokimiga murojaat qildi. Masala ijobiy yechim topdi: tadbirkorga“Turonbank” ATBdan kredit mablag’lari ajratib beriladigan bo’ldi.

Azimjon Mirzaliyev loyihani ishga tushirishda kadastr va elektr ta'minoti bilan bog’liq muammolari borligini ham ma'lum qildi va joyning o’zida viloyat hokimi tegishli mutasaddi rahbarlarga ularni belgilangan tartibda hal qilish uchun ko’rsatmalar berdi.

Viloyat hokimi tadbirkor bilan muloqotda hududdagi ehtiyojmand oilalar uchun ajratilgan yer maydonlarida ham ko’chatchilikni rivojlantirib, aholi daromadlarini oshirishda ko’mak berish kerakligini ta'kidladi.

Shu kuni 4300 nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Yangi yo’l MFYda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham ko’zdan kechirildi. 668 ta xonadonlarning qariyb 200 tasida issiqxonlar mavjudligiga guvoh bo’lindi. Mahallada yashovchi Zikrullo Rahmonov viloyat rahbari bilan muloqotda 8 sotix maydonda issiqxonaga limon ekib, bundan tashqari pista ko’chatini yetishtirish bilan shug’ullanib, yil davomida 200 mln so’m daromad olayotganini urg’uladi.

Xonadonma xonadon yurib, aholi bilan birma bir suhbatlashgan viloyat hokimi, fuqarolarning turli masalalar bilan bog’liq murojaatlarini ham tingladi. Tadbirkorlik uchun kredit berish, ko’chalarni asfalt qilish, bandlik va subsidiya asosida uy-joy olish kabi murojaatlar tegishli tartibda hal etiladigan bo’ldi.

Viloyat hokimi mahallada yashovchilar bandligini ta'minlash, ularga tadbirkorlikni yo’lga qo’yishda ko’mak ko’rsatish bo’yicha mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram