Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ISH O’RINLARI YARATISH – ENG MUHIM MASALA: VILOYAT HOKIMI TOSHLOQ TUMANIDA TADBIRKORLARNING YANGI LOYIHALARI BILAN TANISHDI 

×

 2022-02-11 10:08:36    87

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Toshloq tumanidagi o’rganishlari davomida tadbirkorlarning yangi loyihalari bilan tanishdi. Besholish dahasida “ Toshloq AIS fruit servis” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan 21, 8 mlrd so’mlik meva-sabzavotlarni qayta ishlash loyihasi haqida tadbirkor Ilhom Dadajonov viloyat rahbariga ma'lumot berdi va Koreyaga dastlabki mahsulotlarni eksport qilganligini qayd etdi.

Shu joyning o’zida tadbirkorlar hududdagi “Kelajak” kichik sanoat zonasida joylashtirilgan “Zamin Aziya Farm” MChJning 40 mlrd. 315 mln so’m loyiha qiymatiga ega infuzion eritmali dori-darmonlar ishlab chiqarish korxonasi hamda “Expo Kollor Print Teks " MChJ tomonidan kalava ip va matoni bo’yash, gul bosish, trikotaj mahsulotlari, sochiq va paypoq ishlab chiqarishni tashkil etish investitsiya loyihalari, ushbu loyihalar doirasida yaratiladigan ish o’rinlari haqida ma'lumot berdilar.

"Taraqqiyot” kichik sanoat zonasi hududida "Vodiy savdo kafel" xususiy korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 10 mln dollar bo’lgan kafel ishlab chiqarish, “Mng-Groups” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan armatura va temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarish, “Ziyo Termoplast” MChJ tomonidan tashkil etilayotgan polietilen plyonkalar, tomchilab sug’orish shlanglari hamda turli o’lchamdagi plastmassa quvurlari ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish bo’yicha boshlangan qurilish ishlari ham ko’zdan kechirildi. Tadbirkorlarning komunikatsiya tarmoqlari, jumladan, elektr ta'minoti bilan bog’liq masalalarini hal etish uchun mutasaddilarga topshiriqlar berildi. 

Aholi bandligini ta'minlash bugungi kunning eng muhim vazifasi ekaniga e'tibor qaratgan viloyat rahbari, tadbirkorlarga loyihalarni ishga tushirish jarayonlarni tezlashtirish, ish o’rinlarini ko’paytirish bo’yicha tavsiyalar berdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram