Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RESPUBLIKADA ILK BOR FARG’ONA VILOYATIDA “OCHIQ, SHAFFOF VA HISOBDOR HUDUD” LOYIHASI AMALGA OSHIRILADI

×

 2022-02-11 20:25:33    92

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi” majlislar zalida Respublikada ilk bor Farg’ona viloyatida amalga oshirishga kirishilayotgan “Ochiq, shaffof va hisobdor hudud” loyihasining taqdimot yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov, viloyat sektorlari rahbarlari, Oliy Majlis Senatining viloyatdan saylangan a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Korruptsiyaga qarshi kurashish viloyat hududiy Kengashi a'zolari, viloyat huquq-tartibot idoralari hamda boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda viloyatdagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni, hisobdorlikni ta'minlash orqali korruptsiyaning oldini olish, qonun ustuvorligini ta'minlash hamda ular ustidan samarali jamoatchilik nazorati o’rnatish bo’yicha rejalar bayon qilindi.

Yig’ilishni ochib bergan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Prezidentimiz tomonidan davlat siyosatining bosh mezoni jamiyatda qonun va adolat ustuvorligini qaror toptirish ekanini qayd etib, bu borada ochiqlik va shaffoflik, hisobdorlikni ta'minlash orqaligina korruptsiyaga qarshi kurashishda natijaga erishish mumkinligini ta'kidladi.

Korruptsiyaning jamiyatni parchalaydigan, ertaga odamlarda davlatga ishonchsizlikni keltirib chiqaradigan yomon illat ekanini ta'kidlagan viloyat rahbari, xalqimiz ongidan, hayotidan bu zararli illatni batamom chiqarib tashlash uchun, har bir davlat xizmatchisi faoliyatida shaffoflik va ochiqlik ta'minlanishi kerakligini ta'kidladi.  

“Bu illatni tag-tugi bilan qo’porib tashlash, yo’qotish uchun nafaqat Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, balki barcha ijro organlari, jamoatchilik tashkilotlari, umuman xalqimiz bir tan-u bir jon bo’lib kurashishimiz kerak”, dedi Xayrullo Bozorov. 

Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov o’z so’zida korruptsion jinoyatlarning kelib chiqishiga bir qator soha va yo’nalishlarda hamon inson omilining yuqoriligi saqlanib qolayotganligi va eng muhimi davlat xizmatida, tashkilotlarida, idoralarida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarining ta'sirchan shakllarini joriy etish sust tashkil etilayotganligi sababli samarali jamoatchilik nazorati mehanizmlari mavjud emasligi sabab bo’layotganini ta'kidladi.

"Farg’ona viloyati misolida O’zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurashishni, umuman davlat idoralarining jamoatchilik oldida ochiq va shaffof faoliyat yuritishini namunaviy qilib ko’rsatib berishni rejalashtirmoqdamiz", dedi Akmal Burhonov.

 “Ochiq, shaffof va hisobdor hudud” loyihasi o’z ichiga ochiqlikni ta'minlashga mas'ul xodimlarni o’qitish, bilim va malakalarini oshirib borish, Xalq deputatlari viloyat Kengashining Axborot siyosati va mahalliy davlat organlarida ochikliqni ta'minlash masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, viloyatda ochiqlikni ta'minlash sohasini ta'minlashga qaratilgan ijtimoiy so’rovlar o’tkazish, korruptsiyaga qarshi kurashish, 

shu jumladan, faoliyat ochiqligini ta'minlash sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini o’tkazish, sinov tariqasida tuman yoki shahar hokimliklaridan birida “Ochiq va shaffof hokimiyat” loyihasini amalga oshirish, viloyatda sud majlislarini Internet tarmog’i orqali jonli efirga uzatish amaliyotini joriy etish, doimiy komissiya tomonidan viloyat, tuman (shahar) hokimliklarida hamda vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalarida korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini doimiy baholab borish, viloyatda korruptsiyaga qarshi murosasiz kurashishda OAV va blogerlar bilan yaqindan hamkorlik o’rnatish kabi bandlarni o’z ichiga oladi.

Yig’ilish yakunida loyiha amalga oshrish hamda uni takomillashtirish yuzasidan taklif va mulohazalarga asoslangan keng muhokama bo’lib o’tdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram