Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QONDA KOREYA TEXNOLOGIYASI ASOSIDA ZAMONAVIY UY-JOYLAR QURILISHI BILAN BOG’LIQ MASALALAR KELISHIB OLINDI

×

 2022-02-12 16:30:51    84

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev Qo’qon shahrida Janubiy Koreyaning “Hanshin Engineering & Construction Co Ltd.” kompaniyasi tomonidan 52 gektar maydonda tashkil etilishi ko’zda tutilgan zamonaviy turar joy majmuasi loyihasi bo’yicha videomuloqot tarzidagi uchrashuvda qatnashdi. 

Viloyat hokimligi va O’zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi tashabbusi bilan o’tkazilgan videomuloqotda loyiha tashabbuskori va yordamchi korxonalari bo’lgan “Hanshin Engineering & Construction”, “HPC Development & Investment”, “Plus International”, “Eurasia Networks” ta'sischilari bilan birga O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirliklaridan ham mas'ul xodimlar ishtirok etishdi.

Viloyat hokimi o’rinbosari Iqboljon Ergashev bugungi kunda viloyatda, xususan Qo’qon shahrida ko’p qavatli zamonaviy uylarga talab ortib borayotganligini ta'kidlab, loyiha uchun maxsus ishchi guruh tashkil etishni, loyihaga doir hujjat ishlarini tezlashtirishni taklif qildi.

Koreya sifati va texnologiyasi asosida barpo etilishi rejalashtirilayotgan turar-joy majmuasi loyihasi bo’yicha vazirliklar, viloyat hokimligi, O’zbekistonning Koreyadagi elchixonasi hamda Koreyaning nufuzli kompaniyalari o’zaro hamkorlikda ishlashga, ma'lumotlar almashinuvini yo’lga qo’yishga kelishib oldilar.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram