Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 37 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TOSHLOQ, QO’SHTEPA VA MARG’ILON KOSIBLARI UCHUN YIRIK POYABZAL ISHLAB CHIQARISH VA SAVDO MAJMUASI BARPO ETILADIGAN BO’LDI

×

 2022-02-12 17:52:48    115

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Toshloq tumanining Piyozchilik MFY hududida kosibchilik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha o’tgan kungi o’rganishlarni kecha ham davom ettirib, mahalla kosiblari ishlab chiqargan mahsulotlar bilan tanishdi, hunarmandlar bilan muloqot qildi.

Mahallada 100 dan ortiq xonadonda kosibchilik bilan shug’ullanishadi. Tashkil etilgan kichik ishlab chiqarishlarda 10-15 tagacha, ba'zilarida 20 dan ziyod kishining bandligi ta'minlangan. Bejirim va xaridorgir oyoq kiyimlari hovlidan hovliga konveyer usulida tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayonlarida tayyor mahsulotga aylanadi. Mahsulotlar qo’shni davlatlarda ham doimiy ulgurji xaridorlariga ega. 

Viloyat hokimi bilan muloqotda kosiblar mahalladagi asosiy muammo sifatida elektr ta'minotini yaxshilash, kosibchilik jihozlari samarali ishlay olishi uchun tarmoq kuchlanishining 220 volt bo’lishini ta'minlash, yiriklashgan tadbirkorlar uchun alohida ishlab chiqarish zonasini tashkil etishga ko’maklashish, mahallada ishlab chiqarilgan mahsulotlar ulgurji sotiladigan Qo’shtepa tumani Qumtepa hududida joylashgan buyum bozorida doimiy ayni kunlarda va ayni vaqtda savdo tashkil etilishiga amaliy yordam berish, shuningdek tomorqalarni sug’orish bilan bog’liq muammolarni hal etish uchun oqava suv ta'minotini yo’lga qo’yish kabi masalalarda murojaat qildilar.

Viloyat rahbari mahallada elektr ta'minotini yaxshilash, mahallada suv ta'minotini yo’lga qo’yish uchun skvajina qazish bo’yicha qisqa muddatda amaliy ishlarni boshlash yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berdi. Shuningdek, o’z hovlisini ishlab chiqarish va savdo uchun qayta qurib moslashtirish istagida bo’lgan oilalarga 20 yillik imtiyozli kredit ajratib berilishini ma'lum qildi.

Qumtepa MFYdagi Marg’ilon buyum bozorini borib ko’zdan kechirgan Xayrullo Bozorov, bozor ma'muriyatiga hamda Marg’ilon shahar hokimiga toshloqlik kosiblar murojaatidan kelib chiqib, ulgurji oyoq kiyimlari savdosi uchun haftada muayyan kun va vaqtni belgilash yuzasidan ko’rsatma berdi.

Poyabzal ishlab chiqarish va savdo majmuasi barpo etish uchun mavjud imkoniyatlar o’rganilib, sobiq Qo’shtepa avtomobil bozorining bo’sh turgan maydonida ushbu majmua tashkil etiladigan bo’ldi. Bunda ushbu hududning poyabzal ishlab chiqarish rivojlangan Marg’ilon shahri hamda Toshloq va Qo’shtepa tumanlariga teng masofada ekani hisobga olindi.

Rejalashtirilayotgan majmuada logistika markazi, poyabzal ishlab chiqarish tsexlari, savdo do’konlari va kichik savdo rastalari tashkil etiladi. Ikki qavatli qilib barpo etiladigan ishlab chiqarish hamda savdo maydonlaridan tadbirkorlarga ularning talablaridan va ishlab chiqarish hajmlaridan kelib chiqqan holda joy taqdim etiladi, imtiyozli bank krediti ajratiladi.

Marg’ilon shahri, Toshloq va Qo’shtepa tumanlari rahbarlariga majmuada faoliyat olib borish istagida bo’lgan tadbirkorlarni aniqlash va ro’yxatini shakllantirish vazifasi yuklatildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram