Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 48 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


PREZIDENT MASLAHATCHISI O’RINBOSARI FARG’ONA SHAHRIDA SAYYOR QABUL O’TKAZDI

×

 2022-02-21 20:14:12    80

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahrida Prezident Administratsiyasining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo’yicha maslahatchisi o’rinbosari Alisher Usmanovning hudud aholisi uchun sayyor qabuli o’tkazildi.

Sayyor qabulda shuningdek, Adliya vaziri o’rinbosari Muzraf Ikramov, Oliy sud raisi o’rinbosari Xalilillo To’raxo’jayev, viloyat hokimi o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi mudiri Abduxoshim Abdullayev, shahar 4 ta sektor rahbarlari hamda viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

“Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da shahardagi Oqariq MFYda o’tgan qabulda Oqariq, Sohibkor, Nafosat mahallasidan kelgan 100 ga yaqin fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari ko’rib chiqildi.

Sayyor qabulda ijtimoiy hayotning barcha sohalari bo’yicha xususan, uy-joyga egalik huquqini belgilash, imtiyozli kredit ajratish, davolanish uchun ko’mak, asalarichilikni rivojlantirish, mebel ishlab chiqarish, sport maydonchasi tashkil etish uchun yer maydoni ajratish, nogironlik aravachasi olish, ishga joylashish, kommunal xizmat sifatini yaxshilash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

Ko’tarilgan murojaatlarning bir qismi qabul chog’ida ijobiy hal etildi. Ayrim fuqarolarning murojaatlari mas'ul idoralarga o’rganib chiqish va belgilangan muddatlarda hal etish uchun topshirildi va ijrosi nazoratga olindi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo’lmagan murojaatlar bo’yicha ham tegishli tushuntirishlar berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram