Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RESPUBLIKA BO’YLAB BEDANA TARQATAYOTGAN FARG’ONALIK TADBIRKOR

×

 2022-02-23 10:11:29    103

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahar “Soybo’yi” mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi Abdumuxtor Maraimov o’z xonadonida 5 ming boshdan ortiq bedana parvarishlamoqda. Bir kunda 3 ming donadan ortiq tuxum olinib, bir dona bedana tuxumi o’rtacha 450 so’mdan ulgurji narxda xaridorlarga yetkazib bermoqda.

E'tiborlisi, bedana boqish va ko’paytirish daromadli soha bo’lib, bedana tez rivojlanadi va kasalliklarga bardoshli. Go’shti va tuxumining shifobaxsh xususiyatlari sabab ularga talab hamisha yuqori.

– Ikki qizim betob bo’lib qoldi, shifokorlarga murojaat qildik, samarasi kutilganidek bo’lmadi. Bedana tuxumi iste'mol qilishni tavsiya qilishdi. U paytda bu soha u qadar rivojlanmagani bois mahsulotni topish qiyinchilik tug’dirdi. Shu sabab bo’lib, uy sharoitida bedana boqish g’oyasi tug’ildi. Qushlarni parvarishlash, mahsulot yetishtirish bilan bog’liq ma'lumotlarga tayanib ishni tashkil qildim. Samarasi yaxshi bo’ldi. Farzandlarimning salomatligi yaxshilandi. Ehtiyojdan ortiq mahsulotlarni sotishni yo’lga qo’yib, bedanachilikni oilaviy biznesga aylantirdik. Shinam uy-joy, to’kin dasturxon ana shu izlanishlarimiz samarasi, – deydi asl kasbi injener-texnolog bo’lgan tadbirkor.

Bu qushlarni parvarishlash uchun alohida bilim va qunt talab etiladi. Masalan, xonalar harorati 20-25 darajada bo’lishi lozim. Bitta bedana modasi bir yilda 320-340 tagacha tuxum beradi.

Abdumuxtor Maraimov hozirda o’z g’oyasi asosida inkubatsiya, qush uyalarini yaratdi. Bu yerda 17 kunda 10 ming 600 dona qush polaponlari olish imkoniyati bor. Bedanalarni buyurtmachi talablari asosida respublika bo’ylab yetkazib berish yo’lga qo’yildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram