Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 50 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA KO’ZI OJIZ VA ZAIF KO’RUVCHI BOLALAR UCHUN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2022-02-24 14:52:32    82

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan Farg’ona shahridagi ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ta'lim-tarbiya olayotgan o’quvchilar uchun shahardagi “Fayz” tantanalar majmuasida tadbir tashkil etildi. 

Tadbir davomida o’rganishlar jarayonida maktab-internati jamoasi tomonidan bildirilgan takliflardan kelib chiqib Brayl yozuvidagi badiiy kitoblar, sport va musiqa to’garaklari uchun jihozlar, o’quvchilar uchun kiyim-kechaklar taqdim etildi.

Shundan so’ng maktab-internati o’quvchi va o’qituvchilari tomonidan vatanni, tinchlikni, mehr-oqibatni tarannum etuvchi qo’shiq va she'rlar ijro etildi. O’quvchilar o’z qo’llari bilan yasagan gullar va boshqa buyumlarni ustozlari hamda mehmonlarga taqdim etdilar.

Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyi ashula va raqs ansambli hamda farg’onalik taniqli san'at namoyondalari tomonidan ijro etilgan diltortar kuy-qo’shiqlarga bolajonlar miriqib raqsga tushdilar.

Maktab-internati pedagogik jamoasi hamda o’quvchilari ko’rsatilgan e'tibor va g’amxo’rlik uchun Davlatimiz rahbariga hamda tadbirning barcha tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram