Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 485 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ERONDA FARG’ONA VILOYATI HOKIMLIGI VA ERONLIK ISHBILARMONLAR O’RTASIDA UMUMIY QIYMATI 22,5 MILLION DOLLAR BO’LGAN 3 TA KELISHUV IMZOLANDI

×

 2022-02-24 14:57:39    70

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev, joriy yilning 21 fevral kuni Tehron shahrida bo’lib o’tgan O’zbekiston va Eron o’rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo’yicha hukumatlararo komissiyaning 14-yig’ilishida hamda O’zbekiston-Eron biznes-forumida ishtirok etdi. Mazkur tadbirlar, shuningdek Tehronda tashkil etilgan Texnologiya va xalqaro investitsiyalar forumi hamda “Ilmga ixtisoslashgan texnologiyalar” ko’rgazmasi doirasidagi muzokaralar natijasida Farg’ona viloyati va Eron ishbilarmonlari o’rtasida umumiy qiymati 22,5 million dollar bo’lgan 3 ta kelishuvga erishildi.

“Choopan Agro Industrial Co” kompaniyasi bilan Qoraqalpog’istonning Farg’ona viloyatiga biriktirilgan Bo’zatov tumanida dorivor giyohlar urug’idan nihol yetishtirish loyihasi bo’yicha kelishuv imzolandi. Qiymati 10 million dollar bo’lgan ushbu loyiha doirasida 160 nafar doimiy, 500 nafar mavsumiy ish o’rni shakllantiriladi, yillik 13 million dollar hajmda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.

Farg’ona viloyati hokimligi, viloyatimizdagi “Chilustun Fayz” MChJ va Eronning “Koks Group” kompaniyalari o’rtasida Quvasoy shahrida ko’mir va neft mahsulotlaridan koks va dizel ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo’yicha imzolangan 10 million dollar qiymatidagi kelishuv 9 million dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyani o’z ichiga oladi. 100 ta yangi ish o’rni yaratiladigan ushbu korxonada yiliga 75 milliard so’mlik ishlab chiqarish hajmi yaratiladi, mahsulot asosan eksportga yo’naltiriladi.

Viloyat hokimligi va Eronning “Mr.Fish” MChJ o’rtasida Marg’ilon shahrida eronlik tadbirkorlar uchun “Texnopark” tashkil etish yuzasidan ham kelishuvga imzo chekildi. Qiymati 2,5 million dollar bo’lgan ushbu loyihani amalga oshirilishi natijasida “Mr.Fish” MChJga tegishli bo’sh turgan binolarda 10 dan ortiq ishlab chiqarishlar paydo bo’ladi. Bugungi kunda mazkur “Texnopark”da ishlash istagidagi eronlik tadbirkorlar ro’yxati shakllantirilmoqda.

Shuningdek, 22 fevral kuni Tehronda bo’lib o’tgan “Ilmga asoslangan texnologiyalar” ko’rgazmasida 10 dan ortiq eron kompaniyalari bilan muzokaralar o’tkazildi. Eronlik ishbilarmonlar Farg’ona viloyatida qurilish va avtotransportlar uchun organik rang-bo’yoqlar, yangi texnologiya asosida qishloq ho’jaligida foydalanish uchun bioo’g’itlar, suv hisoblagichlar, tsement qorishmasi o’rnini bosuvchi qurilish kleyi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish borasida katta qiziqish bildirdilar. Ushbu kompaniyalar vakillari yaqin kunlarda viloyatimizga tashrif buyurishlariga hamda muzokaralarni amaliy hamkorlikka aylantirish bo’yicha ish tashkil etish bo’yicha kelishib olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram