Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 107 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ERON SARMOYADORLARINING FARG’ONAGA QIZIQISHI ORTMOQDA

×

 2022-02-24 17:11:07    88

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi qabullar uyida viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev Eron Islom Respublikasining “Arash Holding” va “Lajvar” kompaniyalari direktori Hamidreza Mahdinia boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Farg’ona viloyatining Eron bilan iqtisodiy-investitsion hamkorligida yangi sahifalar ochilayotganini qayd etgan Iqboljon Ergashev, joriy yilning 21-23 fevral kunlari Tehron shahrida o’tkazilgan O’zbekiston-Eron biznes-forumi hamda forum doirasida o’tkazilgan muzokaralar natijasida eronlik ishbilarmonlar bilan kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar bo’yicha kelishuvlar imzolangani, Eron bilan savdo-logistika bo’yicha hamkorlik yo’lga qo’yilayotgani, Marg’ilon shahrida eronlik tadbirkorlar uchun Texnopark tashkil etilayotganini ma'lum qildi. Shuningdek, viloyatning iqtisodiy salohiyati hamda eksport imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma'lumot taqdim etildi.

Uchrashuv uchun o’z minnatdorchiligini bildirgan Hamidreza Mahdinia, Farg’onada qurilish, qishloq xo’jaligi, sanoat ishlab chiqarish sohalari qiziqish doiralarida ekanini qayd etib, viloyatda xom-ashyo bazasi yuqori ekaniga alohida e'tibor qaratdi hamda “Arash Holding” tarkibiga kiruvchi kompaniyalarda temir yo’l relslari, liftlar, qurilish kranlari, kanalizatsiya, energetika uchun zarur jihozlar ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma'lumot berdi.

Eron tomoni ushbu yo’nalishlar bo’yicha Farg’onada ham ishlab chiqarishlarni yo’lga qo’yishga tayyor ekanligini bildirdi.

Iqboljon Ergashev viloyatda 90 ta kichik sanoat zonalari va “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi mavjud ekaniga to’xtalib, xorijlik investorlar uchun yaratilgan keng ko’lamdagi kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklar tizimi haqida ham ma'lumot berdi. Qurilish sohasi iqtisodiyotning drayverlaridan biriga aylanayotgan Farg’onada hozirda liftlar va qurilish kranlariga talab katta ekanligini hisobga olib, eronlik tadbirkorlar bu texnikalarni viloyatimizda ishlab chiqarishi qurilish tannarxining arzonlashishiga omil bo’lishi qayd etilib, bunday loyihalarni jadal amalga oshirishga har tomonlama ko’mak berilishi ta'kidlandi.

Muloqot davomida urug’chilik yo’nalishida ham hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida muhokama qilingan hamkorlik yo’nalishlarini amaliy bosqichga o’tkazish bo’yicha birgalikda ish tashkil etishga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram