Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHAMSIDDIN TURDALIYEV OLTIARIQ TUMANI HOKIMI ETIB TAYINLANDI

×

 2022-02-26 17:52:41    71

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Oltiariq tuman kengashining viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida bugun bo’lib o’tgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko’rildi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq, shu paytgacha Rishton tumani prokurori bo’lib ishlab kelgan Turdaliyev Shamsiddin Asqaraliyevichni Oltiariq tumani hokimi etib tayinlash to’g’risidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari Oltiariq tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan ma'qullandi. 

Shamsiddin Turdaliyev 1979 yilda Bag’dod tumanida tug’ilgan, O’zbekiston Milliy universitetini huquqshunoslik yo’nalishini tamomlagan. Hozirda adliya katta maslahatchisi unvoniga ega.

Mehnat faoliyatini 2003 yilda Farg’ona shahar prokuraturasida boshlagan. 2006-2011, 2016-2017 yillar oralig’ida Farg’ona viloyat prokuraturasida katta tergovchi, bo’lim boshlig’i vazifalarida faoliyat olib borgan. 2011-2016 yillarda Beshariq tumani prokurori, 2017-2018 yillarda Dang’ara tumani prokurori, 2018 yilda Qo’qon shahar prokurori bo’lgan.

2018-2019 yillarda Xorazm viloyati prokurorining birinchi o’rinbosari, 2019-2021 yillarda Farg’ona viloyati prokurorining o’rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2021 yil 2 fevraldan bugungi tayinlovga qadar Rishton tumani prokurori bo’lib ishlab kelgan.

Oltiariq tumani hokimi bo’lib ishlab kelgan Xolmirza Niyozov joriy yil 7 fevralda Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari etib tayinlangandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram