Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


IQBOLJON ERGASHEV: INVESTITSIYALAR VA TASHQI SAVDO MASALALARI KOMPLEKSI BOSHQA SOHALARGA QARAGANDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KO’PROQ KURASHISHI KERAK

×

 2022-02-26 19:37:59    139

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat axborot-kutubxona markazining majlislar zalida viloyat hokimi o’rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i Iqboljon Ergashev ishtirokida korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o’tkazildi.

Iqboljon Ergashev matbuot anjumanini “Investitsiyalar va tashqi savdo masalalari kompleksi tashkilotlari boshqa sohalarga qaraganda korruptsiyaga qarshi ko’proq kurashishi kerak. Sababi chet ellik investorlar va mahsulot oluvchi importyorlar bilan birinchi uchrashuvchi vakil hisoblanadi” – deb boshladi.

Kompleksda korruptsiyaga olib boruvchi omillar yo’qligi sabab o’tgan yilning o’zida Farg’onada 300 ta loyiha amalga oshirilgan bo’lib, shundan 93 tasi chel el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar hissasiga to’g’ri keladi. Bu degani 93 ta investor kompleksda korruptsion holatlar kuzatilmagani bois, o’z mablag’ini viloyatga kiritgan. 

Viloyat hokimi o’rinbosari agar korruptsion holat bo’lganida 2021 yilda 500 million dollardan ziyod investitsiya o’zlashtirilmagan bo’lar edi, deya qo’shimcha qildi.

Bundan tashqari, tizimda ishga tushirilayotgan “Tez yordam” boti haqida ham ma'lum qilindi. Ushbu botning qulayligi shundaki, tadbirkor, eksportyor yoki xorijiy investor o’z muammosini bot orqali ma'lum qiladi va ushbu masala to’g’ridan to’g’ri hukumat komissiyasiga boradi hamda nazoratga olinib, yechimini topish osonlashadi.

Anjumanda shuningdek, viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Abdumanob Mirzayev, “Qo’qon” Erkin iqtisodiy zonasi direktsiyasi rahbari Farrux Rahmonov, “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direktsiyasi” davlat unitar korxonasi direktori Hamid Xabibidinovlar ham o’z yo’nalishlari bo’yicha korruptsiyaga qarshi kurashish bo’yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumot taqdim qildilar.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga soha mutasaddilari tomonidan asoslantirilgan javoblar qaytarildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram