Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 175 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLIY MAJLIS SENATI ISHCHI GURUHINING FARG’ONADAGI O’RGANISHLARI MUHOKAMA QILINDI

×

 2022-02-26 19:39:48    68

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi hamda xalq deputatlari Farg’ona viloyati, shahar va tuman Kengashlarining qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Qo’shma majlisda joriy yilning 24-26 fevral kunlari Oliy Majlis Senati ishchi guruhi tomonidan “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining Farg’ona viloyatidagi ijrosi yuzasidan olib borilgan o’rganish natijalari tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Videokonferentsaloqa shaklida tashkil etilgan majlisda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi raisi Malika Qodirxonova, qo’mita raisi o’rinbosari Mahmudjon Parpiyev, viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i Bahodir Xoliqov, viloyatdan saylangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Qo’shma majlisda Senat ishchi guruhi o’rganishlari natijalari, aniqlangan kamchiliklar, ularni bartaraf etish choralari, shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar yuzasidan Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo’mitasi raisining o’rinbosari Maxmudjon Parpiyev ma'ruza qildi. 

Shundan so’ng Senat qo’mitasi raisi Malika Qodirxonova va shahar-tuman studiyalaridan qatnashgan mas'ullar ishtirokida xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta'lim muassasalari va boshqa joylarda tazyiq hamda zo’ravonlikdan himoya qilish sohasidagi munosabatlar, bunda qonun ijrosini ta'minlash uchun bevosita mas'ul idoralar, huquqni himoya qilish va boshqa davlat organlarining vazifalari bo’yicha onlayn muhokamalar o’tkazilib, aniq maqsad va reja asosida ish tashkil etish bo’yicha kelishib olindi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram