Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLTIARIQ TUMANIDA “KITOBXON O’QUVCHI” KO’RIK-TANLOVI G’OLIBLARI ANIQLANDI

×

 2022-03-04 19:51:45    105

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumani prokurori Rustamjon Tillayev tashabbusi bilan tumandagi 2-sektor hududidagi umumta'lim maktabi o’quvchi yoshlari o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, ta'lim muassasalaridagi kitobsevar o’quvchilarni aniqlash va ularni munosib rag’batlantirish maqsadida o’tkazilgan Tuman prokurori sovrini uchun “Kitobxon o’quvchi” ko’rik-tanlovi yakunlandi.

Qariyb bir oy davom etgan tanlovning yakuniy tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Tuman Madaniyat saroyida tashkil etilgan kitobxonlik tadbirida tuman sektorlari rahbarlari, o’quvchi yoshlar, ustozlar, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni kirish so’zi bilan ochgan tuman hokimi Shamsiddin Turdaliyev, kitob – ilmu zakovat xazinasi, qalblarni yorituvchi nur, kamolot cho’qqisi va ma'naviy komillikka yetaklovchi hamroh ekanligini alohida ta'kidladi. Shuningdek, Oltiariqdan zabardast yozuvchi shoirlar, ziyoli insonlar yetishib chiqqani va ularning davomchilari bugun maktablarda tahsil olayotgani e'tirof etildi.

Tanlovda o’quvchilar Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon”, Tohir Malikning “Alvido bolalik”, Primqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Said Ahmadning “Ufq”, Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar”, O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari”, Chingiz Aytmatovning “Oq kema” va “Asrga tatigulik kun”, Jek Londonning “Oq so’yloq”, Daniyel Defoning “Robinzon Kruzoning sarguzashtlari” kabi sara asarlarini o’qib, ular asosida tuzilgan savollar bo’yicha bellashdilar.

Yakuniy natijalarga ko’ra, 1-o’rinni 34-IDUM o’quvchisi Tohirbek Abdurahimov, 2-o’rinni 5-maktab o’quvchisi Muhammadsodiq Mahammadsiddiqov va 3-o’rinni 4-IDUM o’quvchisi Muattarxon Anvarovalar egalladilar. G’oliblar tuman mahalliy byudjet daromadlarining rejadan oshirib bajarilgan qismi mablag’lari hisobidan zamonaviy xolodilnik, kir yuvish mashinasi va gaz plitasi bilan taqdirlandilar. 

Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan o’quvchilarning bir guruhiga rag’batlantiruvchi mukofotlar ham taqdim etildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram