Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHAR TIBBIYOT BIRLASHMASIDA 100 O’RINGA MO’LJALLANGAN HOMILADORLAR PATOLOGIYASI VA GINEKOLOGIYA BO’LIMI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-03-04 19:59:33    274

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahar Qirguli mavzesida shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 40 o’rinli ginekologiya va 60 o’rinli homiladorlar patologiyasi bo’limlari mukammal ta'mirdan so’ng foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, shahar sektorlari rahbarlari, viloyat sog’liqni saqlash tizimi mas'ullari va keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar. 

Tadbirda so’z olganlar yurtimizda aholi salomatligini yanada yaxshilash, ayniqsa, xotin-qizlarga sifatli tibbiy xizmat ko’rsatishga alohida e'tibor qaratilayotganligi, Farg’ona shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar haqida to’xtalib o’tdilar.

Viloyat mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan 5,7 milliard so’m sarflanib, ginekologiya va homiladorlar patologiyasi bo’limlari uchun ajratilgan ikki qavatli bino qisqa muddatda mukammal ta'mirdan chiqarildi. Yuz nafarga yaqin tibbiyot xodimlari faoliyat olib boruvchi mazkur bo’limlar zamonaviy mebel va tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlandi. 

Shundan so’ng viloyat faollari ishtirokida ramziy tasma qirqilib, mehmonlar shahardagi 80 ming nafar tug’ruq yoshidagi ayollar uchun xizmat ko’rsatadigan ushbu bo’limlarda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Farg’ona shahar hokimligi Axborot xizmati





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram