Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 201 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TURKIYALIK ISHBILARMONLAR BIR OY ICHIDA FARG’ONA VILOYATIDA TEKSTIL BO’YOG’I KIMYOVIY KOMPONENTLARI ISHLAB CHIQARISHGA KIRISHADI

×

 2022-03-04 21:29:49    86

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik investorlar guruhini qabul qildi. Farg’ona viloyati delegatsiyasining avvalgi hafta Turkiyaga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar amaliy ishlar bosqichiga o’tmoqda.

“Qo’qon” EIZ hududida qiymati 20 million dollardan ziyod tikuv-trikotaj majmuasi barpo etish loyihasiga kirishgan Jem Isheri bilan birga tekstil bo’yoqlari kimyoviy komponentlari ishlab chiqaruvchi Doğankent kompaniyasi rahbari Ahmet Chetinkaya hamda investor Mexmet Zerey bilan muloqotda Farg’ona viloyatida tekstil bo’yog’i kimyoviy komponentlari ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi. 

Muloqot davomida turkiyalik ishbilarmonlar tomonidan O’zbekistonning, xususan Farg’ona viloyatining Turkiyada o’sib borayotgan investitsion jozibadorligi hamda viloyatning tekstil sohasidagi mavjud katta salohiyati alohida qayd etildi.

Turkiyalik investorlar loyiha qiymati birinchi bosqichda 5 million dollarni, to’la amalga oshirilganda 20 million dollarni tashkil etadigan ushbu ishlab chiqarish korxonasini “Qo’qon” EIZ hududida barpo etishni rejalashtirishgan. Ahmet Chetinkaya viloyat rahbariga bu korxona uchun uskunalar Turkiyada tayyor ekanini, korxona qurib bitkazish bir yilga yaqin vaqt olishini, bu davrga qadar viloyatda bo’sh turgan va faoliyat ko’rsatmayotgan bino-inshootlardan tasdiqlangan ijara stavkasi asosida belgilangan tartibda joy ajratib berilsa, bir oy ichida ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga tayyor ekanini ma'lum qildi. Tashkil etiladigan korxonaning chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalari bilan to’la ta'minlanishi bildirildi.

Korxona faoliyatini yo’lga qo’yish uchun viloyat hududida davlat mulki bo’lgan bo’sh turgan va faoliyat ko’rsatmayotgan binolardan ishlab chiqarish uchun yetarli maydonga ega bo’lgan variantlar turkiyalik investorlarga taqdim etildi. Ularning tanlovi asosida keyingi bosqichda ijara shartnomasi asosida joy ajratib berilishiga kelishildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram