Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ROSSIYALIK INVESTORLAR GURUHI FARG’ONA VILOYATIDA QATOR YIRIK LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2022-03-04 22:01:21    105

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov rossiyalik investorlar guruhi vakili Aleksandr Pavlenko hamda ularning Farg’ona viloyatidagi hamkori Ravshan Usmonovni qabul qildi.

O’zi tamsil qilgan investorlar guruhining O’zbekistonda so’nggi uch yildan ortiq davrda turli sohalarda investitsion loyihalarni amalga oshirib kelayotganini ma'lum qilgan Aleksandr Pavlenko, Farg’ona viloyatida rejalashtirilayotgan loyihalar bo’yicha batafsil ma'lumot berdi.

Oltiariq tumanining ichimlik suvi sifati dunyodagi eng yuqori talablarga javob berishini qayd etgan Pavlenko, ushbu tumanda yirik suv qadoqlash korxonasi barpo etish rejasi borligini ma'lum qildi. Shisha idishlarga qadoqlangan suvlar xorijga eksport qilinishi ko’zda tutilmoqda.

Quvasoy shahri hududidagi 7,5 gektar maydonda joylashgan, deyarli tashlandiq holatga kelib qolgan RK-2 markaziy qozonxonasiga yuqori samarali kogeneratsion gaz turbina qurilmalari texnologiyasini tatbiq etish va elektr energiyasi hamda issiqlik ta'minotini yo’lga qo’yish loyihasi uchun 15 million dollar sarmoya kiritish rejalashtirilgan.

Shuningdek, loyiha qiymati 5 million dollar bo’lgan un va mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi tashkil etish ham rossiyalik investorlar rejalaridan o’rin olgan.

110 yillikdan ortiq tarixga ega Oltiariq neftni qayta ishlash korxonasini zamonaviy majmuaga aylantirish borasida ham rossiyaliklar tomonidan yirik investitsion loyiha tayyorlangan.

Viloyat hokimi yuqorida qayd etilgan barcha loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud qonunchilik doirasida har tomonlama ko’mak berishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Hamkorlikda belgilangan reja asosida loyihalarni amalga tatbiq etish borasida ish tashkil etishga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram