Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 127 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI BAYRAM TADBIRI O’TKAZILDI

×

 2022-03-07 12:33:39    106

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Fayz” tantanalar majmuasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali viloyat bayram tadbiri tashkil etildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, shuningdek Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo ishtirokida o’tkazilgan tadbirda 500 dan ziyod viloyatimizning faol xotin-qizlari jam bo’ldilar.

Viloyat rahbari barcha yurtimiz ayollarini, farg’onalik xotin-qizlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

“Xotin-qizlarni qanchalik ulug’lasak, qanchalik e'zozlasak, oz. Hamisha biz ularga ta'zimdamiz. Eng yaxshi tilaklarimiz, eng yaxshi gaplarimiz, qalbimizdagi eng yaxshi niyatlarimiz sizlar uchun! Ilohim baxtimizga sog’ bo’linglar. Barcha onalarimiz salomat bo’lsin. Hamisha mana shunday go’zal, dilbar bo’lib yuringlar!”, - deya tilak bildirdi viloyat hokimi.

Xayrullo Bozorov, Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborlari natijasida mo’'tabar onalarimiz, opa-singillarimizni hayotdan rozi qilish, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash so’nggi yillarda davlat siyosatining bosh masalalaridan biriga aylanganini alohida ta'kidlab, yangi tashkil etilgan Oila va xotin-qizlar qo’mitasi va uning tizimida har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi joriy qilingani bu xotin-qizlar masalalarini yanada kengroq qamrab olinishiga asos bo’lishini qayd etdi.

Viloyat rahbari o’z so’zida “Farg’ona anorchilik” agrofirmasi rahbari Mastura Sayfuddinova, O’zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva, “O’zbekiston Qahramon“lari Manzura Madaliyeva, Lola Murodova, O’zbekiston xalq artisti Yorqinoy Hotamova, O’zbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova kabi ko’plab farg’onalik xotin-qizlarning nomlarini birma bir hurmat bilan tilga olib, ular yurtimiz rivojiga katta hissa qo’shayotgani va boshqalarga o’rnak bo’layotganligini ta'kidladi. 

Tadbir davomida viloyat ijtimoiy hayotida faollik va tashabbuskorlik ko’rsatgan, o’zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo’shgan, joylarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog’lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ’ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan 21 nafar xotin-qizlarga “Mo’'tabar ayol” ko’krak nishonlarini topshirilishi esa yuqoridagi e'tirofning amaliy ifodasi bo’ldi. 

Shuningdek, bir guruh faol xotin-qizlar viloyat hokimligi faxriy yorlig’i hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. 

Abdujalil Qo’qonov, Gulsanam Mamazoitova, Ilhom Ibrohimov, Otabek Muhammadzohid kabi el ardog’idagi taniqli san'atkorlar ishtirokidagi chiqishlar, kuy-qo’shiqlar tadbir qatnashchilariga yanada ko’tarinkilik ulashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram