Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 120 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BESHARIQDA GULCHILIK JADAL RIVOJLANAYOTGAN BIZNESGA AYLANMOQDA

×

 2022-03-09 16:05:58    87

PDF yuklash
Chop etish


Tumandagi o’nlab oilalarda parvarishlanayotgan rang-barang gullar Farg’ona vodiysi, poytaxtimiz va mamlakatimizning boshqa hududlariga yetkazib berilmoqda.

Beshariq tumani markazidagi «Gulilola dunyosi» oilaviy korxonasida esa 25 turda Gollandiya lolalari yetishtirilyapti.

O’tgan yili Gollandiyadan lola ildizlarini keltirgan bu gulchilar oilasi 60 sotixli issiqxonada ularni parvarishlay boshladi. E'tibor, mehr va parvarishdan barq urgan anvoyi lolalar mamlakatimiz shaharlari, qo’shni respublikalar, Janubiy Koreyaga eksport qilinmoqda.

- Har bir lola ildizi 3-3,5 ming so’mdan olinib, uch oy parvarish qilinadi va bitta lola guli ichki bozorda o’rtacha 15-20 ming so’mdan sotiladi, eksportga chiqariladigani yanada qimmat, - deydi Gulira'no Rahimjonova. - Shu tariqa oilamiz gulchilikdan yiliga 60 million so’m sof foyda oladi.

Oilaviy korxonada 12 ta doimiy ish o’rni yaratilgan, mavsumiy yumushlarga yana 10 nafardan ziyod mahalladoshlar jalb etiladi. Boisi tomorqadan bir yilda to’rt marotaba hosil oladigan oila gulchilikdan tashqari turli ko’katlar yetishtirish orqali ham qo’shimcha daromad qiladi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram