Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SO’XDA BOBUR QADAMI YETGAN TOG’ TEPASIDAGI “TOSH OYNA” ATROFIDA HAMDA JAVPAYA MASSIVIDA TURISTIK OB'EKTLAR TASHKIL ETILADI

×

 2022-03-31 10:40:44    294

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov So’x tumanidagi o’rganishlari doirasida So’x daryosi atrofida joylashgan Surati mavzesida, tog’ tepasidagi “Sangi oyna” ziyoratgohini borib ko’rdi.

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”sida qayd etilishicha, buyuk davlat arbobi va shoir bir yilga yaqin So’x tumani hududida yashagan. Kitobda 1493 yil voqealari qalamga olinar ekan, Bobur taqdir taqozosiga ko’ra, “So’x va Hushyor ko’hpoyalariga kelib, bir yilcha yovuq(yaqin)” yashaganini sog’inch bilan xotirlaydi. Tosh oyna haqida shunday yoziladi: “Isfaraning bir shar'isida janub sori pushtalarning orasida bir parcha tosh tushubdur, “Sangi oyna” derlar, uzunligi taxminan o’n qari bo’lg’ay, balandlig’i ba'zi yeri kishi bo’yi, pastlig’i, ba'zi yeri kishining belicha bo’lg’ay, oynadek har nima mun'akis bo’lur”.

Aytilishicha, Bobur Mirzo Sangi oyna oldiga kelib, unga nazar solganda oyna toshda toju taxtda shohona liboslar bilan o’tirgan surati namoyon bo’lgan ekan. Shundan so’ng Bobur tangriga behisob shukronalar aytib, ortga qaytibdi va shu zaylda u Qobul sari ravona bo’lib yana hukmdorlikni qo’lga kiritibdi.

Viloyat hokimi baland tog’lar, go’zal tabiat, toza havo bilan qamralgan ushbu tarixiy qadamjoni turistik manzilga aylantirish, ushbu hududda xostellar, dam olish maskanlari barpo etish bo’yicha mas'ullarga topshiriq berdi, bu yo’nalishda ish tashkil etish niyatida bo’lgan tashabbuskorlar har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini ta'kidladi.

Xayrullo Bozorov Javpaya massivida tashkil etilayotgan na'matak plantatsiyalari atrofida ham turistik infratuzilma yaratib, huddi shunday dam olish maskanlari tashkil etish bo’yicha ko’rsatma berdi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram