Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2022-04-02 14:52:41    66

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining navbatdagi qirq ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishida Oliy Majlis Senati Fan, ta'lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasi raisi Odiljon Iminov, viloyatdan saylangan Senat a'zolari, viloyat kengashi deputatlari, viloyat, shahar va tuman hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari qatnashdi.

Dastlab Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va sog’liqni saqlash masalalari qo’mitasining 2022 yil ish rejasiga ko’ra, joriy yil 14-16 mart kunlari Senat ishchi guruhi tomonidan Farg’ona viloyatida olib borilgan o’rganishlar natijalari muhokama qilindi. Ishchi guruhi rahbari Odiljon Iminov aholi orasida eng ko’p tarqalgan va erta o’limning asosiy sababi bo’lgan kasalliklarni barvaqt aniqlash, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish, profilaktik maxsus preparatlar bilan bepul ta'minlash hamda sog’lom turmush tarzini keng targ’ib etish borasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar holati haqida ma'lumot berdi. 

Viloyatdagi 3 milllion 683 ming 526 nafar (96,5%) fuqaro to’liq xatlov va antropometriyadan o’tkazilib, xatlovdan o’tkazilgan fuqarolarning xatlov va antropometriya ma'lumotlari elektron bazaga kiritilgani, sohada qator ijobiy ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi. Shu bilan birga mavjud ba'zi muammolarga ham to’xtalib o’tildi.

Sessiya ishida 2022 yilning may oyida o’tkazilishi belgilangan fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovini o’tkazish bilan bog’liq masalalar ham atroflicha ko’rib chiqildi. Fuqarolar yig’inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi viloyat komissiyasi tarkibi tanishtirildi hamda ularning faoliyati haqida ma'lumot berildi.

Sessiya kun tartibidan o’rin olgan masalalar doirasida Farg’ona viloyati ma'muriy sudi raisi Doniyorxo’ja Maxamatovning 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti tinglandi.

Sessiya yakunida har bir ko’rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram