Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


EKOSHAHARDA BARPO ETILAYOTGAN KO’P QAVATLI TURAR-JOYLARGA DASTLABKI G’ISHT QO’YILDI

×

 2022-04-04 12:53:00    65

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari va jamoatchilik vakillari bilan birga Farg’ona shahridagi “Yangi O’zbekiston” massivlari turkumiga kiruvchi Ekoshaharda birinchi g’isht qo’yish marosimida ishtirok etdi.

Viloyat markazida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo’ljallangan yo’ldosh shaharchani bunyod etish ishlari jadal amalga oshirilmoqda. Ikki oy avval kotlovan qazish va poydevor uchun beton quyish ishlari boshlangan Ekoshaharda bugungi kunda 58 ta ko’p qavatli uyning poydevor betoni yakunlanib bormoqda. Bulardan dastlabkisida bugun birinchi g’isht qo’yish tadbiri o’tkazildi.

Joriy yil yakuniga qadar jami 114 ta ko’p qavatli turar-joy barpo etish rejalashtirilgan. Binolar qurilishi jarayonlarida ishtirok etishga mahalliy tadbirkorlar bilan birga Turkiya, Eron, Pokiston, Yaponiya va Janubiy Koreya investorlari ham katta qiziqish bildirishmoqda. Xorijiy kompaniyalardan birinchisi – Turkiyaning “BTC Yapı A.Ş” kompaniyaci Farg’onada o’z filialini ochdi va yaqin kunlarda 18-25 qavatli binolar qurilishiga kirishadi.

Ayni kunlarda yo’l, elektr ta'minoti, suv, kanalizatsiya tarmoqlari tortish bilan bog’liq masalalar ham jadal hal etilmoqda. Ekoshahar hududida tashkil etilayotgan 70 gektarlik “Yangi O’zbekiston” bog’ida ham daraxt ekish ishlari deyarli yakunlanib, yaqin muddatda landshaft dizayni va chim ekish bo’yicha amaliy ishlarga boshlanadi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram