Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA TERAK EKISH KO’LAMI VA QAMROVI TOBORA KENGAYMOQDA

×

 2022-04-04 13:45:39    131

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona tumani Ilg’or MFYda “Terak va boshqa tez o’suvchi yog’ochbop daraxtlarni barpo etaylik!” shiori ostida viloyat seminari tashkil etildi. Unda viloyat hokimining qishloq va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha o’rinbosari Alibek Tursunov, shahar-tuman hokimliklari mas'ullari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, tajribali mutaxassislar ishtirok etdi.

So’z olganlar Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimiz bo’ylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida viloyatimizda olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdilar. Seminar doirasida Ilg’or MFY hududidagi 3 gektar maydonga mahalla faollari ishtirokida terak qalamchalari ekildi.

Hududlardagi bo’sh yer maydonlarida ekilayotgan terak navnihollari mahallalar uchun e'tiborga molik. Ular muntazam mahalla faollarining qarovida bo’ladi. Kelgusida esa teraklardan olinadigan daromad hududlardagi kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, mahalla fuqarolar yig’inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga sarflanadi. Qolaversa, ushbu ezgu sa'y-harakat orqali atrof-muhitni yashillikka burkanishiga ham salmoqli hissa qo’shiladi.

Viloyatda 136 ta mahalla terak ko’chatlarini yetishtirishga ixtisoslashtirilishi rejalashtirilgan bo’lib, olingan daromaddan fuqarolarning oilaviy turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta'minlangan oilalarga ko’mak berish, orttirilgan mablag’ evaziga mahallada qo’shimcha muhim tadbirlarni yo’lga qo’yish, obodonchilik ishlarini olib borish maqsad qilingan.

“Vodiyda asosan ko’kterak, oqterak, mirzaterak, koliforniya kabi teraklar ekiladi. O’rtacha hisoblanganda 10 sotix yerga 10 ming dona ko’chat sig’adi. Uni bozorga olib chiqib sotilsa, 15 million daromad ko’riladi,”- dedi viloyat O’rmon xo’jaligi boshqarmasi o’rmon ustasi Yoqubjon Asronqulov.

Seminarda hududlarda terak ekish tadbirlarini amalga oshirish yuzasidan o’zaro fikr almashilib, “Dolzarb 40 kunlik”da oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram