Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BUYUK AJDODLAR ILA FAXRLANISH – AVLODLARGA SHARAFDIR!

×

 2022-04-08 18:32:45    123

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida “Keksalar e'zozimizda” shiori ostida davlat va xalq oldidagi qahramonona hayot yo’llari bilan barchamiz uchun ibrat bo’lgan keksa avlod vakillari bilan viloyatning faol yoshlari ishtirokida avlodlar uchrashuvi bo’lib o’tdi. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, faol jamoatchilik vakillari ishtirok etgan bayramona tadbirda, inson qadri ulug’lanayotgan yurtimizda buyuk ajdodlar ila faxrlanish – avlodlarga sharaf ekanligi bosh g’oya bo’ldi.

Fayzli dasturxon atrofida o’tgan uchrashuvda mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga, uning rivojiga o’zlarining halol mehnatlari bilan hissa qo’shgan O’zbekiston Qahramonlari Ulug’bek Umarov, Batir Temirov, Abdug’ani Abdullayev, Patila Ergasheva, Erkin Vohidov, Lolaxon Murotova, Manzura Madaliyeva, Komiljon Mamajonov, shuningdek, sobiq ittifoq Qahramonlari Mamadali Topvoldiyev, To’xtasin Ahmedov, Mehnat Qaxramonlari Mahsutali Haydarov va Hamroqul Tursunqulov kabi elu xalq orasida yuksak obro’-e'tibor qozongan hamyurtlarimizning yaqinlari, farzandlari, umrguzaronlik qilayotganlari esa o’zlari ham ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Davlatimiz rahbari boshchiliklarida mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning zamirida inson qadrini ulug’lash mujassam ekanini aytib, so’nggi besh yilda olib borilgan bu oqilona davlat siyosatining e'tibori kirib bormagan oila, xonadon qolmaganiga e'tibor qaratdi. Oldinda ulkan ishlar va ulug’ maqsadlar turganini qayd etgan viloyat hokimi, bu yo’lda nuroniylarning, keksalarning maslahati, duolari, ularning hayotiy tajribalari tayanch bo’lishini ta'kidladi.

Tadbir davomida O’zbekiston qahramonlari, mehnat faxriylarining ibratli hayot yo’llariga bag’ishlangan hujjatli lavhalar namoyish etildi, ularning mashaqqatli umri va samarali mehnat faoliyati haqida hikoya qilindi.

Uchrashuvda ishtirok etgan O’zbekiston xalq artisti, kino va teatr aktyori Xayrulla Sa'diyev yig’ilganlarga o’z samimiy tilaklarini izhor qildi.

Bayram tadbiri Sultonali Mannopov, Ilhom Ibrohimov, Otabek Muhammadzohid, Zohirshoh Jo’rayev, Sherali Rahmonov, Kamron Mamadaliyev va boshqa ko’plab el suygan hofiz va san'atkorlarning kuy-qo’shiqlari, raqslar bilan davom etdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram