Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA VILOYATIMIZDA QO’SHIMCHA 43 TA TAKLIF MOLIYALASHTIRILADIGAN BO’LDI 

×

 2022-04-08 18:38:11    78

PDF yuklash
Chop etish


Avvalroq 1 aprel kuni e'lon qilingan “Tashabbusli byudjet” loyihasining ilk mavsumi yakuniga ko’ra, Farg’ona viloyatidan “Tashabbusli byudjet” loyihasida umumiy qiymati 115,4 mlrd. so’m bo’lgan 204 ta taklif g’olib bo’lgani haqida xabar bergan edik.

Kuni kecha Prezident qarori bilan, 2022 yilning fevral-mart oylari davomida o’tkazilgan “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida fuqarolarning faol ishtirokini inobatga olgan holda g’olib deb topilgan 2 215 ta loyihaga qo’shimcha, har biri 2 mingdan ortiq ovoz to’plagan, lekin g’olib deb topilmagan 139 ta loyihani amalga oshirish uchun qo’shimcha ravishda respublika byudjetidan 85,4 mlrd. so’m mablag’ ajratildi. Xususan, viloyatimizdan ham yana qo’shimcha 43 ta loyihaga 21 mlrd. 185 mln. so’m mablag’ yo’naltirilishi ko’rsatib o’tildi.

Umumta'lim maktablarini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish uchun 19 ta taklif, ichki yo’llarni ta'mirlash uchun 9 ta taklif, shuningdek, hududlarda ichimlik suvi va oqava tizimini yaxshilash, ko’cha chiroqlarini o’rnatish yoki ta'mirlash, maktabgacha ta'lim muassasalarini ta'mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, mahalla guzarini ta'mirlash-tiklash va qonun hujjatlari bilan belgilangan mezonlarga muvofiq boshqa tadbirlar bilan bog’liq takliflar moliyalashtiriladigan bo’ldi. 

E'tiborlisi, “Tashabbusli byudjet” loyihasida Farg’ona viloyatidan aholining 28,9 foizi qatnashdi va bu bo’yicha Respublikada eng yuqori ko’rsatkich qayd etildi. Qo’shimcha takliflarga mablag’lar ajratilishida ham Farg’ona yuqori o’rinni egalladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram