Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TURISTLAR UCHUN JOZIBADOR HUDUDGA AYLANAYOTGAN FARG’ONADA MEHMONXONA BIZNESI RIVOJLANMOQDA

×

 2022-04-12 10:01:35    106

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida 2017 yilda 22 ta mehmonxona, 11 ta xostel, 13 ta oilaviy mehmon uylari mavjud bo’lgan bo’lsa, 2021 yilda 50 ta mehmonxona, 27 ta xostel va 167 ta oilaviy mehmon uylari faoliyat ko’rsata boshladi. Mahalliy va xorijiy sayyohlar soni esa 2017 yilda 247 ming 350 nafardan ziyodni tashkil etgan bo’lsa, 2021 yil natijalari bo'yicha bu raqam 575 ming 960 nafardan yuqori bo’ldi.

Viloyatimizda 2017 yil bir vaqtning o’zida 1100 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyati bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib 4700 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyati mavjud. 

E'tiborlisi, turistlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida ushbu tarmoqda 2022 yilda ham viloyatimizda katta ijobiy o’zgarishlar bo’lishi kutilmoqda.

Viloyatimizda investorlarga yaratilayotgan qulay sharoitlar, turizm sohasi rivoji uchun tadbirkorlarga taqdim etilayotgan imtiyozlar natijasida joriy yilda shahar-tumanlar hududiy investitsion dasturlari doirasida umumiy loyiha qiymati 108 milliard so’mlik 16 ta mehmonxona qurilishi amalga oshirilmoqda.

Xususan, O’zbekiston tumani Qulibek MFY hududida tadbirkor Rustamjon Hakimov tashabbusi bilan loyiha qiymati 6,9 mlrd. so’mni tashkil etgan 70 o’rinli uch yulduzli mehmonxona bunyod etilmoqda.

Bag’dod tumanida “Kabir kemping” MChJ tomonidan 2022 yilning 2-choragida 50 o’rinli mehmonxona ishga tushirilsa, Qo’shtepa tumanida "Alimardon Abubakir Fayzi" MChJ tomonidan 60 o’rinli mehmonxona tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Buvayda tumani Yashnabod MFY hududida “Mega Hotel” MChJ ning 1,7 milliard so’mlik mehmonxona qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Shuningdek, Farg’ona va Marg’ilon shaharlari, Uchko’prik, So’x tumanlarida ham bu sohada qator yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xitoy, Yaponiya, Malayziya, Pokiston hamda Turkiya sarmoyadorlari ham Farg’ona viloyatida zamonaviy mehmonxona majmualari qurish bo’yicha o’z investitsion loyihalarini ishlab chiqib, bu boradagi amaliy ishlarga kirishishgan.

Zotan, kun sayin rivojlanib borayotgan, qurilish, bunyodkorlik ishlari jadal olib borilayotgan Farg’ona shahri, nafis ipak matolari, tarixiy maskanlari bilan dovrug’ qozongan Marg’ilon shahri, ko’hna va navqiron Qo’qon shahri, kulollar yurti Rishton, ziyoratgohlarga boy Buvayda, Uchko’prik, So’x, Farg’ona tumanlari sayyohlar uchun doimo jozibadorlik kasb etib keladi. 

Joriy yil sentyabr oyida Qo’qonda bo’lib o’tadigan Ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali ham turistlar oqimini yanada ko’payishiga omil bo’ladi.

Bu esa, Davlatimiz rahbari, hukumatimiz tomonidan mazkur yo’nalishda yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar tufayli Farg’onada mehmonxona biznesi rivojlanishiga, yangi ish o’rinlari yaratilishiga, farg’onaliklar turmush farovonligi ortishiga xizmat qilayotganligi bilan ahamiyatlidir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram