Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI KOREYA XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGINING O’ZBEKISTONDAGI OFISI DIREKTORINI QABUL QILDI

×

 2022-04-13 17:59:22    81

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning O’zbekistondagi ofisi direktori Pak Sunjinni qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona shahrida Koreya Respublikasining grant mablag’lari asosida tashkil etilgan, mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan mutaxassislar tayyorlovchi kasb-hunarga o’qitish markazi faoliyatini yuqori darajada yo’lga qo’yish masalasi muhokama qilindi.

Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o’qitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori doirasida tashkil etilgan ushbu markaz uchun Farg’ona shahrida o’quv binosi, yotoqxona, oshxona va sport zali qurish maqsadida 2 gektar yer maydoni ajratilib, KOICAning O’zbekistondagi ofisida Farg’ona loyihasi bo’yicha qo’shimcha kelishuv memorandumi imzolangandi. Koreya tomonidan ushbu loyiha uchun 9 million 320 ming dollar miqdorida investitsiya kiritildi.

Markazda 5 ta yo’nalish (elektr menejmenti, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari, kosmetologiya va tikuvchilik) bo’yicha kasbiy ta'lim yo’lga qo’yiladi. Hozirda bu yerda Koreya Respublikasidan zamonaviy o’quv-amaliyot jihozlari olib kelinib, o’rnatish ishlari yakunlandi. Yaqin kunlarda o’quv jarayonlari boshlanadi.

Xayrullo Bozorov markazni tashkil etishdagi ko’maklari uchun Koreya xalqaro hamkorlik agentligiga minnatdorchilik bildirib, markaz uchun tanlangan ta'lim yo’nalishlari viloyat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Viloyat rahbari ushbu markaz yoshlarga kasbiy ta'lim berishda Respublikadagi eng yaxshi muassasa bo’lishiga umid bildirdi.

Amaliyotga asosiy e'tibor qaratilgan o’quv markazida bir yilda 480 nafar ishsiz fuqaroni kasbga o’qitish imkoniyati mavjud. O’quvchilar 6-8 oylik kurslarda kasbiy ta'lim olishadi. Viloyat hokimining o’quv jarayonlarini ikki smenada tashkil etish orqali markazda o’quvchilar sonini ikki barobarga oshirish, shuningdek mavjud ta'lim imkoniyatlaridan to’la foydalanish uchun qo’shimcha qisqa kurslar tashkil etish bo’yicha taklifi KOICAning O’zbekistondagi ofisi direktori tomonidan to’la ma'qullandi.

Uchrashuvda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi departamenti boshlig’i Ilhomjon Abrorov, viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avaz O’rinboyev ham ishtirok etdilar.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram