Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 217 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA YANGI “EKOSHAHAR” KICHIK SANOAT ZONASI TASHKIL ETILDI

×

 2022-04-13 18:01:54    83

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2022 yil 4 apreldagi VI-42-36-11-0-K/22-sonli qarori bilan, Farg’onada barpo etilayotgan “Eko shahar” hududidagi 50 gektar yer maydonida “Eko shahar” kichik sanoat zonasi tashkil etildi.

Ushbu qaror viloyatda tadbirkorlarga qo’shimcha qulaylik va imkoniyat yaratish, ularni qo’llab-quvvatlash doirasida ishlab chiqarishning zamonaviy texnologik bazasini shakllantirish, ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsiyalarni joriy etish, yuqori sifatli mahsulotlar yaratish va xizmat ko’rsatishni ta'minlash va shu orqali hudud sanoat salohiyatini oshirish, iqtisodiyotni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan, Farg’ona shahar hokimligiga Davlat aktivlari agentligi viloyat hududiy boshqarmasi, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi va viloyat hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona Direktsiyasi” DUK bilan birgalikda sanoat zonasiga hududning tabiiy va mehnat resurslaridan kelib chiqqan holda, eksportbop va import o’rnini bosuvchi tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan loyiha tashabbuskorlarini keng jalb qilish maqsadida mazkur yer maydonlarini ochiq auktsion savdolariga ko’yish vazifalari yuklatildi.

“Kichik sanoat zonalarini boshqarish bo’yicha yagona Direktsiyasi” DUK, viloyat Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi va Farg’ona shahar hokimligi bilan birgalikda auktsion savdolarida g’olib bo’lgan tadbirkorlik sub'ektlariga faoliyatlarini samarali yo’lga qo’yishlariga bevosita ko’maklashishi belgilab qo’yildi.

Sanoat zonasi tashkil etilishi hisobiga yaratiladigan yangi ish o’rinlariga birinchi navbatda soha mutaxassislari, hududdagi kam ta'minlangan, boquvchisini yo’qotgan hamda uyushmagan yoshlar va xotin-qizlarni jalb qilish orqali ularning bandligini ta'minlash choralari ko’riladi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram