Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT INSTITUTI HINDISTON BILAN MUSTAHKAM HAMKORLIK ALOQALARINI O’RNATDI

×

 2022-04-14 15:35:19    69

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti rektori Akmal Sidikov rahbarligidagi delegatsiya ilmiy tashrif bilan Hindistonda bo’lib qaytdi. 

Safar davomida delegatsiya a'zolari Xaryana shtatida joylashgan Gurugram davlat universitetida bo’lib, hamkorlik shartnomasini imzoladilar. 

Shartnomaga ko’ra, ikki oliy ta'lim muassasasi o’rtasida farmatsevtika yo’nalishida qo’shma fakultet tashkil etiladigan bo’ldi. Bunda talabalar ikki yil Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida, ikki yil Gurugram davlat universitetida soha bo’yicha tahsil oladilar. Qo’shma fakultet bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom berish amaliyoti joriy etiladi.

Bundan tashqari, institutga investitsiya olib kirish va hindistonlik talabalarni ko’proq jalb qilish maqsadida Dehli shahrida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining maxsus ofisi tashkil etildi va o’z ish faoliyatini boshladi. 

Shuningdek, Hindistonning eng oldi klinikalardan biri – Venkateshwar Hospital bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi. Ushbu klinika nafaqat Hindiston, balki dunyo miqyosida yuqori reyting darajasiga ega bo’lib, onkologiya sohasiga ixtisoslashtirilgan. Klinikada jigar, buyrak va boshqa ichki organlarni ko’chirib o’tkazish operatsiyalari amalga oshiriladi. Malakali kadrlar va eng so’nggi rusumdagi tibbiy jihozlar, uskunalar bilan ta'minlangan.

Venkateshwar Hospital bilan tuzilgan shartnomaning muhim jihati, kelgusida Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida ta'lim olayotgan bakalavriat, magistiratura va ordinatura bosqichi talabalari hamda institut professor-o’qituvchilari hech qanday to’siqlarsiz, mazkur klinikada bepul tajriba almashish, malaka oshirish va ilmiy-amaliy jarayonlarda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ldilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram