Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ATIRGULCHILIK KOOPERATSIYALARI QUVA TUMANINING “DRAYVER”IGA AYLANMOQDA

×

 2022-04-14 19:10:28    93

PDF yuklash
Chop etish


Ko’chatchilikda boy tajribaga ega quvaliklar atirgul yetishtirish texnologiyasini ham yaxshi o’zlashtirishgan. Hozirda 15 mingdan ziyod xonadon gulchilik bilan shug’ullanmoqda. 

Dastlab “Yangiqishloq” MFYdagi 7 sotix tomorqasida 8 ming tupdan ortiq atirgul ko’chatini yetishtirish bilan shug’ullanib kelgan G’ayratjon Sultonov faoliyatini kengaytirib, “Vodiy turfa gullari” MChJ kooperatsiyasini yo’lga qo’ydi.

“Yangiqishloq”, “Soyguzar”, “Qo’rg’oncha” mahallalarida 100 dan ziyod xonadonlardagi aholi bandligini ta'minladi. 400 million so’m kredit evaziga tomorqalarga atirgul urug’larini va ko’chat parvarishlash uchun o’g’it, kimyoviy vositalar, payvantag yetkazib berishni boshladi. 

2021 yilda tadbirkor 1 million 568 ming dollarlik 1,2 mln. tup atirgul ko’chatlarini Germaniya, Rossiya, Polsha, Latviya, Belorussiya, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari bozorlariga yetkazib berdi. 

Tumandagi asosiy gul yetishtiruvchilar hududi bo’lgan Qoraqum MFYda esa Umidjon Bozorov tashabbus ko’rsatib, loyiha qiymati 2,5 milliard so’m bo’lgan gulchilik kooperatsiyasini amalga oshirmoqda. 

Xonobod MFYda ham xonadonlarda yiliga 1 million donadan ziyod atirgul ko’chatlari tayyorlanmoqda.

Mahallada istiqomat qiluvchi Muhriddin Akbarov 4 sotix maydondagi issiqxonada va bundan tashqari ochiq tomorqa hududida atirgul yetishtirib, yiliga 50-60 million so’m miqdorida daromad olayotganini ta'kidladi. 

"Oldin Rossiyaga borib ishlab kelar edim. 2019 yildan gul yetishtirishni boshladim. Tomorqada 3-4 kishi doimiy band bo’lmoqda. Daromad yaxshi bo’lgani uchun endi chet elga borib ishlashga o’rin qolmadi," – deydi yosh tadbirkor.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram