Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 148 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA MADANIYAT VA SAN'AT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN KATTA BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI

×

 2022-04-15 17:43:02    98

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyida 15 aprel – Madaniyat va san'at xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Xurshid Ahmedov ishtirok etdi va soha vakillarini bayram bilan tabrikladi. 

Viloyatimizdan yetishib chiqqan Halima Nosirova, Nabi Rahimov, Mukarrama Turg’unboyeva, Tavakkal Qodirov, Muhammadsoli Yusupov, Ma'murjon Uzoqov, Jo’raxon Sultonov, Rasulqori Mamadaliyev kabi farg’onalik ustoz-san'atkorlar haqida tayyorlangan videoroliklar barchaga iliq xotiralarni taqdim etdi.

Hozirda 4000 nafardan ziyod madaniyat va san'at xodimlari faoliyat olib borayotgan Farg’onada Yorqinoy Hotamova, Shafoat Rahmatullayeva, Sultonali Mannopov kabi O’zbekiston xalq artistlari, Saydali Odilovdek taniqli dramaturglarning borligi faxr bilan tilga olindi.

Zotan, viloyatimizda 1 nafar O’zbekiston xalq xofizi, 4 nafar O’zbekiston xalq artisti, 9 nafar O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist, 7 nafar O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, shuningdek, ko’plab davlat mukofotlari va medallari sohiblarining borligi, ularning safi ko’payib borayotgani quvonarli.

Tadbir davomida 8 nafar soha vakillari mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish, o’zbek milliy madaniyati va san'ati nufuzini jahon miqyosida oshirish, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro’yobga chiqarish borasidagi fidokorona mehnatlari uchun Madaniyat vazirligining “Madaniyat va san'at fidokori” ko’krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Viloyatimizdagi mavjud 152 ta madaniyat muassasalarida o’z kasbiga mehr-muhabbat, sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga Madaniyat vazirligi hamda viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va tashakkurnomalari, esdalik sovg’alari topshirildi.

Abdulhay Karimov, Abdujalil Qo’qonov kabi san'at ustalari va yosh ijodkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi, go’zal raqslar bayramga yanada ko’tarinkilik bag’ishladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram