Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BATKEN TUMANI HOKIMI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA SO’XGA KELDI

×

 2022-04-18 08:55:06    62

PDF yuklash
Chop etish


Qirg’izistonning Farg’ona bilan chegaradosh Batken viloyatining Batken tumani hokimi Uchqunbek Jorobayev boshchiligidagi kengaytirilgan delegatsiya So’x tumaniga keldi.

So’x tumani hokimi Saidbahrom Sayidmusayev va tuman ma'sullari hamda Batken tumani delegatsiyasi o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda o’zaro manfaatli hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, aloqalarni yanada kengaytirish bo’yicha istiqbolli takliflar muhokama qilindi.

Xususan, So’x tumanida Qirg’iziston respublikasi tadbirkorlik doirasi vakillari ishtirokida biznes-forum tashkil etish, ikki davlat sportchilari o’rtasida sportning turli yo’nalishlarida musobaqalar o’tkazish, savdo-sotiq, turizm masalalarida aloqalarni kuchaytirish, logistika imkoniyatlaridan foydalangan holda o’zaro savdo hajmini oshirish, tibbiyot va qishloq xo’jaligi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari uchrashuv kun tartibidan o’rin oldi.

O’zbekiston va Qirg’iziston davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli o’zara aloqalar kun sayin yangi bosqichga chiqayotgani uchrashuv davomida alohida ta'kidlandi.

Mazkur tadbir davomida xalqlarimiz o’rtasidagi o’zaro do’stona munosabatlarni yanada kuchaytirish, suv ta'minotidagi masalalarni hamkorlikda hal qilish, bu bo’yicha ikki davlat do’stligi ramzi sifatida uchrashuv va hasharlar tashkil etish yuzasidan ham takliflar bildirildi. Chegara bilan bog’liq masalalar qonunda belgilangan tartibda, o’zaro kelishuvga binoan hal etilishi ikki tomonlama qayd etildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram