Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“BIR KONTUR – BIR MAHSULOT” TAMOYILI BILAN DEHQONCHILIK QILISH FARG’ONADA SALMOQLI DAROMAD KAFOLATI BO’LMOQDA

×

 2022-04-21 11:47:24    157

PDF yuklash
Chop etish


Yerning haqiqiy egasi — xalq! Shuning uchun ham davlatimiz rahbarining tashabbuslari va tegishli qarorlari bilan yurtimizda ishsiz aholiga qishloq xo’jaligi yerlarini 10 yil muddatga dehqonchilik bilan shug’ullanish uchun ijaraga berish tartibi joriy qilindi. Ushbu yo’nalishda viloyatimizda ham tizimli ishlar yo’lga qo’yilgan.

Buning uchun viloyatda jami 4863 gektar yer maydonlar ajratilgan bo’lib, hozirda 4242 gektardan ziyod maydon “e-auksion” dasturi orqali 32 190 nafardan ortiq fuqarolar tomonidan ochiq tanlovda yutib olindi. Endilikda tanlovlarda g’olib bo’lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar, rasmiy ishsizlar hamda alohida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bu yerlarlarda dehqon xo’jaligi yuritish imkoniga ega bo’lishdi. 

E'tiborlisi, “Bir hudud – bir mahsulot”, “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida hududlarda tuproq iqlim sharoiti, fuqarolarning dehqonchilik madaniyati, mahsulot sotib oluvchi klaster, kooperatsiyalar, qayta ishlash va eksportyor korxonalarning mahsulot turiga bo’lgan talabi hamda ichki iste'mol bozorlarida aholining asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqib qishloq xo’jalik ekinlari joylashtirilmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblar bo’yicha 1481 gektar maydonda kartoshka, 1665 gektar maydonda sabzavot, 442 gektar maydonda dukkakli ekinlar ekilayotgan bo’lsa, qolgan maydonlarda poliz va moyli mahsulotlar hamda boshqa turdagi ekinlarni yetishtirish amalga oshirilmoqda. 

Bundan tashqari 171 gektar maydonda mevali, tok va manzarali ko’chatlar yetishtirish rejalashtirilgan.

Fuqarolarga dehqon xo’jaligi yuritish uchun ajratib berilayotgan yer maydonlari, ekin turidan kelib chiqib urug’lik, yoqilg’i moylash mahsulotlari, mineral o’g’itlar yetkazib berish uchun 35 ta klasterlar, 38 ta kooperatsiyalar, 51 ta “Tomorqa xizmati” MChJlar hamda yirik eksportyor korxonalarga biriktirib berilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram