Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 112 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FURQAT VA BESHARIQ TUMANLARIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARI YANGI BINOLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2022-04-21 21:18:04    236

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyatida davlat xizmatlarini sifat jihatidan yanada oshirish hamda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida qisqa muddatlarda 17 tuman va shaharlarda zamonaviy Davlat xizmatlari markazlari foydalanishga topshirildi. 

Bugun Furqat hamda Beshariq tumanlarida ham butunlay yangidan barpo etilgan zamonaviy ko’rinishga ega Davlat xizmatlari markazi binolari ish boshladi. 

Ochilish marosimlarida Adliya vaziri o’rinbosari Xudoyor Meliyev, viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Avaz O’rinboyev, tumanlar rahbarlari, faollar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirlarda so’z olganlar bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari hamda inson qadrining oshib borayotgani haqida fikrlar bildirdilar. Bugungidek yangi va zamonaviy binolar xalq manfaatlari uchun xizmat qilishi ta'kidlandi.

Foydalanishga topshirilgan markazlardagi zamonaviy tarzda jihozlangan xonalar, kutish zallari, bolalar maydonchalari, investorlar xonalari, infolend, mo’jaz kutubxona, kassa, oshxona markaz foydalanuvchilari uchun qo’shimcha qulayliklar eshigini ochadi. Shuningdek, fuqarolarga bepul huquqiy maslahat berish burchagi, tibbiyot xonasi, E-auktsion va o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish xonalalari tashkil etilgan. Ushbu yangidan barpo etilgan markaz binolarining o’ziga xos jihati shundaki, ularda kompakt tarzda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limlari ham joy olgan.












Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram